Ona rizosi-"hayru-ehson", salomatlik
Assalamu alaykum, xurmatli ustozlar! Biz 8 yildan ziyoda vatandan tashqarida, turmush o‘rtog‘im va 2 nafar farzandim bilan ijaradamiza. Katta farzandim 3 yoshida to‘satdan shifoxonani jonlantirish bo‘limiga tushdi va unga "Astma" yaʼni "Bo‘g‘ilish hujumlari" tashxisi qo‘yildi. Bemorligini sababi, xonadagi havo namligini yuqoriligi oqibatida devorlar, pollar, hammom, derazalarni burchagida mog‘orlar rivojlanishida chiqadigan hidlar va barcha karton qog‘oz qutilardan (uyni bir xonasi ijaraga olingan)chiqadigan xidlar va bunday havodan yillar davomida qolib yashashlikni taʼsiri ekan. Xozir farzandimiz 7 yosh, nafas qisishi tez-tez bezovta qiladi, garmon dorilar ishlatamiza. Xonadagi vaziyatlar xali ham o‘sha, achinarli xolatda. Ayni vaqtda turgan 2 xonalik uyimizni sharoiti zaxlanishni yuqoriligidan devorlar xo‘l bo‘lib, mog‘or rivojlanadi va xona badbo‘y hid bo‘ladi . Bunday xolat allergiya va astma hurujini keltirib chiqarishi bu shaxarda barchaga maʼlum. Xozirda bizni ham allergiya bezovta qiladi. Shu yo‘sinda davom etaversak bizniki ham astmaga aylanadi. Tuzukroq sharoit qilinmasligiga sabab, "qarzdan qutilish va pul to‘plab olish" maqsad. Bolamni sog‘ligini ketishi evaziga. Tuzuk sharoitda ham pul to‘plasa bo‘ladi. Lekin... Aksincha yillar davomida "qarz" degan botqoqdan chiqmadik. Hali ham o‘sha erdamiza. Farzandimizni vaziyatini qaynonamlarga xabar qilishga majbur bo‘ldim. Shu kungacha aytilmaganining sababi, ularni bezovta qilib, tashvishga qo‘ymaslik, hattoki o‘z ota-onamga ham aytmagan edim. 3 yoshda boshlangan bemorligini 7 yoshga to‘lganida xabar topishgan bo‘lsa, xozirda bir yil to‘ldi xabar topishganligiga, o‘sha kundan beri ’hech o‘shatda yashagisi kelmayapti, zerikvotti, turgisi kelmayapti" degan taʼna toshlari kelib tegdi. Bolamni bemorligini eshitgan kunligiga qadar yaxshi kelin edik, eshitishgan kunlaridan buyon yuqoridagi tuxmatlar. Ovsinimlarga turgan sharoitimizni rasm, videoga olib yubordim-ki "qaynona oyimizlaga ko‘rsatin vaziyatni ko‘zlari bn ko‘rsalar tushunarlar", deb. Yuborganimga qancha jazavaga tushdilar qaynonamlar. Vaziyatimizdan yana bir odam xabar topib qolganidan bo‘lsa kk taxminimcha. "O‘zimga aytmidimi" debdilar, 1 yildan buyon o‘zlariga aytaman. Onamlar telefonda 1 yildan buyon o‘zlariga aytadilar, taxminan 3 haftacha avval onamlar qudalari bn ko‘rishib, vaziyatni yana batafsil o‘zlariga tushuntirib, gaplashdilar. Natija...Meni turgisi kelmaganidan bahona qivotti deyishvotti. Ovsinim ham ko‘rib, achinarliku, nima diyishga ham hayronman devordi. 8 yil mobaynida hechkimga holatimdan shikoyat qilmagandim. Rasm, vodeoni yuborishimga yana bir sabab, "u davlatda yaxshi yashaladi, lekin hech narsaga erishilmaydi" deyilgan taʼna so‘zlari bo‘ldi. "Erishilmaydi"dan murod, moddiy manfaatlar. Uy, mashina...Erishganlar erishib o‘z uyida o‘tiribdi, biz esa bolamni bemorligini ziyodalashishiga erishdik. Shu kunlarda yana bolamni bemorligi bezovta qilyapti-nafas qisishi. Habarlari bor, nahotki sog‘lik eʼtiborsiz qoldiriladigan ne’mat. Nahotki, o‘g‘illariga aytish qiyin bo‘lsa, "sharoitni to‘g‘irla, sog‘lik puldan avval turadi" deb. Aksincha, "falonchida ham bo‘lgan ekan keyin o‘tib ketibdi" dedilar. Qorni to‘qni qorni och bilan nima ishi bor. Ajablanarli tomoni, qaynog‘amlar shifokor, tez yordamda ishlaydi. Tibbiyot xodimi sifatida masalaga jiddiy, ilmiy yondoshib, to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatilmadi. Bizni bu erda yirishimizdan ular manfaatdorliklarini juda yaxshi bilaman. Falonchiga uy kerak, pistonchiga mashina kk. Mashina olib berilgandan so‘ng, endi boshqachasidan kk. Pistonchini qizlarini uyini remont qilish kerak, falonchini bolalari universitetga kirishi kk...8 yildan buyon qarzdan holi bo‘lib, uxlab, tong ottirgan kunimiz yo‘q. Qilinadigan yaxshilik zulimni evaziga bo‘lmasligi kerak deb bilaman. Hato o‘ylagan bo‘lsam nasihat qiling menga. Mahallamiz imomi turmush o‘rtog‘im va oilalarini yaxshi tanidi. Oldimda bitta yo‘l ko‘ryapman imomimizga xat yozish. 8 yilda bir marta vatanga bordim, har yili boradiganlar haqida yoki 2 yilda bir boradiganlar haqida gapirib, turmush o‘rtog‘imni qiyinchilikka qo‘ymadim. 8 yil mobaynida hechkimga holatimdan shikoyat qilmagandim. Yoshligi 70 ga keldi, ularni bezovta bo‘lishligini aslo istamiman, lekin vaziyatni shu darajaga olib kelishvotti. Oilamiz hurmati boshimni ustiga, lekin farzandimni sog‘ligi muhim deb bilaman. Iltimosim, sizlar tibbiyot hodimi emassizlar buni bilaman, lekin farzandimni sog‘ligi muhim. Yo‘l ko‘rsatin. Menga nasihatingiz bo‘lsa qiling. Turmush o‘rtog‘imga ham bo‘lsa qiling. Ularga buni o‘qitaman. Ketgizgan vaqtingiz uchun rozi bo‘ling. Robbim hammamizni haqda mustahkam qilsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo barchangizdagi mushkulliklarni aritsiz. Farzandingizga ham shifoi komil ato etsin. Zimmangizdagi qarzlarni ado etish uchun qilayotgan say-harakatlaringizni barakotli qilsin, qilayotgan silai-rahm, ehson va yordamlaringiz uchun ajrini ko‘paytirib bersin. Ota-onaning hurmati va haqlari farzand uchun benihoya ulkandir. U qancha harakat qilsa ham ularning tarbiya yo‘lida chekkan mashaqqatlarining evazini hargiz ado qila olmaslar. Bu ular sha’nining ulug‘ligiga ishoradir. Shuningdek, otaning zimmasida farzandlari va ahli ayolining ham haqlari bor. Farzandi to voyaga etgunicha, qiz bo‘lsa turmushga chiqqunicha moddiy ta’minoti, boshpanasi, ta’lim-tarbiyasi uning zimmasidadir. Uyning holati farzandlarning sog‘ligiga qattiq salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, albatta buni isloh qilish lozim. Hisob kunida bularning barchasidan albatta so‘raladi. Ammo, farzandlaringizning haqqini ado qilishingiz qarindoshlar bilan yuzko‘rmas bo‘lib ketishingiz yoki ularni ranjitishingizni taqozo qilmaydi. Siz ushbu vaziyatda eringiz va uning qarindoshlarini orasini sovutmasdan, o‘zaro maslahat bilan masalaning echimi tomon yurishingiz maqsadga muvofiqdir. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 09:26 | Savol-javoblar | 172 | Oila va turmush