Fotima onamizning ajoyib javoblari

Men Fotima onamiz bilan bo‘lgan ajoyib suhbatni turli hil talqinda eshitdim nazarimda hodisa to‘liq aytilmagandek. Ularning birida Hazrati Ali qiz bolaga nima munosibligini soraganida «Qiz bolani birov ko‘rmasayu, u ham birovni ko‘rmasa» deb javob beradilar va qaysidir oyatni o‘qiydilar. Boshqa bir manbada esa Rosululloh sollallohu alayhi va sallam so‘rovchi o‘rnida.
Shu voqeani to‘laligicha havola qilsangiz iltimos! O‘zim qidirdim lekin, kim bilan sodir bo‘lganini ham bilolmadim!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Siz aytgan voqea to‘g‘risida kelgan hadis zaif hadis bo‘lib, Abu Na’aym “Hilya” kitoblarida zikr qilgan. Unda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Ayollarning qaysi biri yaxshi” deb so‘raganlar. Ali roziyallohu anhu ushbu savolni Fotima roziyallohu anhodan so‘raganlar. “Ayollar erkaklarni erkaklar ularni ko‘rmasliklari yaxshidir” deyilgan. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:27 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar