Birov o‘z haqqini olmasligi

Assalomu alaykum, Shayx Hazratlari.Sizdan birovning haqqi masalasida so‘ramoqchi edim.Men, hozirda, xorij davlatidaman. Bir yil oldin bir yaxudiy odam qo‘lida ishlagan edim. U menga bir-ikki marta keragidan ko‘proq ish haqi bergan, adashib. Men unga indamay ortiqcha pulni olib qo‘yaverganman.Bu ishimdan afsus qilib, yaqinda, men unga uzr xati yozib, shu ortiqcha pulni Money Order (chekka o‘xshagan narsa) orqali jo‘nattim. Ammo, u Money Orderdagi pulni echib olmay, jahli chiqib, yirtib tashlabti. (Yirtib tashlaganini bir ishchisi menga aytdi).Men Money Orderdagi pulni o‘zim qaytarib echib olsam, u pul menga halol bo‘ladimi?Javobingiz uchun oldindan raxmat. Mening haqimga ham duo qilib qo‘ying, iltimos, Xudo meni bu qilgan ishim uchun kechirsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Pul egasi rozi bo‘lsa, olsangiz bo‘ladi. Bo‘lmasa, kambag‘al odamga berib yuboring.

27 May 2022, 01:13 | Savol-javoblar | 153 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar