Qasamga kafforat bormi?
Assalomu alaykum! Alloh taolo qilayotgan ishlaringizdan rozi bo‘lsin, iloxim sog‘ salomat bo‘linglar. Meni savolim: men yaqinda 5-6 marta qat’iylik bilan shunday degan edim "Alloh taolo nimani buyurgan bo‘lsa o‘shani qilaman" degandim yan’i Qur’oni karimda yozilgan sura oyatlarni nazarda tutib xullas Allohim nimani buyurgan bo‘lsa xammasini nazarda tutib. Misol uchun Qur’onda namoz o‘qish aytilgan to‘g‘risi men davlat ishxonasida ishlayman namoz o‘qishga sharoit yo‘q lekin Alloh xoxlasa vaqti kelib albatta o‘qiyman, misol uchun televideniya orqali xar xil kliplar ko‘ramiz u erda nomaxram yigit qizlar o‘nayotgan bo‘ladi buni ko‘rish xam gunox xullas bunday misollar juda xam ko‘p. Demoqchi bo‘lganim yuqorida "Alloh taolo nimani buyurgan bo‘lsa o‘shani qilaman" deganman bu xolatda ushbu aytganim qasam xisoblanadimi? Uni ketma ket buzib qo‘ymayapmanmi? Musulmon inson shundoq xam Alloh taoloni buyurganlarini bajaradi shuning uchun yuqoridagi xolat qasam emas deb o‘yladim. Fikrim to‘g‘rimi noto‘g‘rimi sizday ilimli insonlardan javob olmoqchiman
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha yozganingizgizga qasam ichaman degan so‘zlarni qo‘shmagan bo‘lsangiz qasam bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 23:23 | Savol-javoblar | 141 | Qur’oni karim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha yozganingizgizga qasam ichaman degan so‘zlarni qo‘shmagan bo‘lsangiz qasam bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 23:23 | Savol-javoblar | 141 | Qur’oni karim