Bir duo masalasida
Assalomu Alaykum, Va Raxmatullohu va BarakatuhShayx xazratlari sizdan so‘raydigan yana bir narsam bor iltimos shu haqida ham ikki og‘iz javob bersangiz.Man ingliz tili bo‘yicha o‘qiyman, xudo xoxlasa bu yili o‘qishga topshirmoqchiman. Manga kuchli xotiram bo‘lsa dib yurardim, yaqinda qanaqadir yoshligimdagi narsalarim yani kitob daftarlarim turadigan shkafni negadir ochgim keldi, izlab bir kitobchani ko‘rib qoldim, sariq muqovali, 1992 yilda Toshkentda chop etilgan manimcha "Nur" nashriyotida chop etilgan ekan nomi Duolar xosiyati. ochib o‘qiy boshladim, o‘zi juda kichik kitobcha, keyin bir duoni ko‘rib qoldim unda yozilgan : "Agar esdan chiqargan narsalaringni yodga olmoqchi bo‘lsang, ijobat niyatida ikki rakaat namoz o‘qigin, Birinchi rakaat "Fotiha" surasidan so‘ng bir marotaba "Oyata-l-kursi" ni, ikkinchi rakaatda esa "Fotiha" surasidan keyin "Ixlos" surasini yigirma bir marotaba o‘qigin. Shundan so‘ng tezda non parchasiga bu duoni bitib egin(gap oxirida duo berilgan). Bir kunda shunday xotira paydo bo‘ladiki, agar Qur‘oni Karimning hammasini yod olishni niyat qilsang, inshoalloh, maqsadinga etursan. Deyilgan. Sizdan so‘ramoqchi bo‘lgan narsam. Bu duoni o‘qishim yani o‘zimda sinab ko‘rsam bo‘ladimi, bu gunohmasmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bo‘ladi. Ammo men buni birinchi marta o‘qib turibman.
27 May 2022, 01:19 | Savol-javoblar | 171 | Duolar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bo‘ladi. Ammo men buni birinchi marta o‘qib turibman.
27 May 2022, 01:19 | Savol-javoblar | 171 | Duolar