Kabriston va belgilar
Assalomu alaykum Shayx xazratlari.Maxallamizdagi kabriston juda eski va atrofi ochik bulganligi sababli, maxalla axli bir yildan buen xashar yuli bilan atrofni devor va temir panjaralar bilan urashga astoydil xarakat kilishmokda. Kabristonga kirish kismidagi darvoza ta’mirlandi, kattagina ayvon kilindi va bejirimgina bitta xonaka kilindi. Kabrlarning atroflari tozalanib, yurish uchun yulaklar kaytadan tugrilandi. Kabrlarga urnatilgan barcha temir panjaralar, makbaralar buzilib olib tashlandi va ular atrofni urash uchun ishlatildi. Xazrat exson kilaetlarni, mexnat kilaetganlarni va bunga yulboshchilik kilaetganlarni duo kiling. 1. Lekin bir narsaga uylanib koldim, xozir kabrlarda xech kanday belgi kolmagan. Kerakli kabrni izlab topa olmaslik mumkin. Ota-ona kabri oldiga bormokchi bulgan odam kaerda turib kur’on tilovat kiladi?Xozir kabristonda fakat bittagina marmardan kilingan edgorlik koldi. Uni xam buzishmokchi bulganida, kabrda etgan odamning ugli bunga ruxsat bermagan. Bu edgorlikka kabrdagi odamning rasmi xam urnatilgan, xuddi odam karab turgandek buladi. 2. Xazrat bunga nima deysiz, kanday yul tutish kerak?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Savobli ish qilganlarga Alloh taolo ajrni ko‘paytirib bersin! Qabrga insonning surati bor marmar qo‘yish mumkin emas. Boshqa qabrlarni har kim ziyorat orqali yodda tutadilar. Rasmiy raqamlar qabrlarni tanib olishda yordam beradi.
30 Aprel 2022, 07:41 | Savol-javoblar | 173 | Boshqa ibodatlar