Sehrdan davolanish haqida

Hurmatli Shayx Hazratlari,"Sehr haqida" nomli maqolada: "Imom Abdurrazzoq o‘zining «Musannaf» nomli kitobida sehrning muolajasi haqida quyidagi ma’onni keltirgan: «Sidrning bargidan ettita olinadi. Ularni ikki toshning orasiga olib tuyiladi. Unga «Kofirun», «Ixlos», «Falaq» va «Nas» suralari uch marta o‘qiladi. So‘ngra suvga solib ichiladi va g‘usl qilinadi. Alloh shifo berguncha takror qilinadi»." deyilgan ekan. Internetdagi ma’lumotlardan qidirib, sidrning nimaligini uncha yaxshi tushunmadim.1) Bizning o‘lkada Jilon Jiyda deyiladigan daraxt Sidrmi?2) Agar bizning o‘lkalarda Sidr daraxti o‘smasa, Sidrning bargidan ettita olishning ilojisi bo‘lmaydi. Shu sababli, sidr bargining tayyor ezilgan kukunidan etti chimdim olib, davolash tadbiri davom ettirilsa ham bo‘ladimi, nima deb o‘ylaysiz?Alloh Sizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bo‘lmaydi.

27 May 2022, 01:27 | Savol-javoblar | 138 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar