"Hayotning eng buyuk siri" kitobidan

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, sizlar ham eshitgan yoki ko‘rgan bo‘lishingiz kerak. Bir necha yillar muqaddam hayotning eng buyuk siri nomli hujjatli film chiqdi. Unda asosiy fikr inson nimani xohlasa, o‘ylasa o‘sha narsani o‘ziga tortadi degan fikr ilgari suriladi. Ya’ni eng buyuk sir bu tortishish kuchi. Masalan, kimdir velosapedli bo‘lishni, kimdir 1 million dollarli bo‘lishni orzu qilib shu haqida o‘ylasa, o‘sha narsa unga tortiladi va natijada u shu narsaga ega bo‘ladi va yana bu narsa haqida yahudiylik dinida ham, xristianlik va Islom dinida ham aytilgan deyiladi. Bu haqida o‘zbek tilida “Hayotning eng buyuk siri” nomli kitob ham chiqqan. Aytingchi ustozlar, unda ilgari surilgan g‘oya bizning dinga to‘g‘ri keladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday kitoblarni o‘qish o‘rniga hadis va tafsirlarni o‘qisangiz nima to‘g‘riyu nima noto‘g‘ri ekanligi ma’lum bo‘ladi. Savolingiz takroriy "Izlash xizmati"dan foydalaning. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:37 | Savol-javoblar | 168 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar