"Kirl alifbosida yozilgan Qur’on suralarin yodlash"
Assalomu alaykum muxtaram shayh xazratlari! Agar ushbu savol takror bo‘layotgan bo‘lsa sizdan uzr so‘reyman. Savol: Qur‘on suralarini arab alifbosidan boshqa alifboda yozilgan matnlardan suralarni yod olishga ruxsat bormi? Bu savolni berishimdan maqsad ush bu saytda Qur‘on matnini arab alifbosidan boshqa alifboda yozishga ruxsat yoq deyilipti. Shunga menda shubxa paydo bo‘lib qoldi. Ming afsuski meni Qur‘on o‘qishlikdan ilmim yoq. Xazrat men xam Alloxni kalomini o‘qishni, undan baxra olishni xoxleman l.n shuni urgatadigan ustoz topilmayapti. Shunga kirl alifbosida yozilgan suralarni yod olishga xarakat qilmoqchi edim. Xazrat iltimos maslaxat bering! Savol takror yoki nourin bulgan bulsa uzr sureyman? (matndagi texnik xatolar u.n xam uzr). Allox sizdan rozi bulsin, tashakur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Buning uchun arab alifbosini, tajvid ilmini o‘rganish kerak. Kirill alfbosida Qur’oni Karimni yozishga ruxsat yo‘q. Faqat namozga kerakli bo‘lgan narsani yozish istisno. Siz asta harflarni o‘qishga harakat qiling. “Grant ta’lim” arab alifbosi va tilini o‘rgatadigan muassasa, o‘sha erda harf va til o‘rgansa bo‘ladi.
27 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 170 | Qur’oni karim