Birjda soxasida savdo

Assalomu alaykum! Firmamiz birja orqali ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va maxsulotlar olib sotish bilan shug‘ullanadi. Birjada narx talab taklifdan kelib chiqib shakllanadi. Xaridor biron xil tovarni olib berishga buyurtma bersa, uning buyurtmasi bo‘yicha aytilgan miqdorni olib, birjadan sotib olingan narxga besh foiz ustama qo‘yib sizga sotamiz degan kelishuv asosida ishlashimiz to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar tovarni o‘z mablag‘ingizga sotib olsangiz va keyin ustiga qo‘yib sotsangiz bo‘ladi. Lekin bu kelishuv sotib oluvchi uchun majburiy emas. Ya’ni siz sotib olganingizdan keyin olmayman desa haqqi bor. Chunki bu savdo emas, kelishuv xolos. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 22:58 | Savol-javoblar | 139 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar