Avrat haqida-2

Assalomu alaykum Shayx hazratlari!"Hadis va Hayot" asaringizni 17-juzi, 3-bob “Ayollar libosi”, 315-betda “Hanafiy mazhabi ulamo ahli ayol kishiga yuz va kaftlarini ochib yurishga izn berar ekanlar, yuz va qo‘lni ziynatlamasdan, tabiiy holda tutishni shart qilib qo‘yadilar.”Ya’ni ayol kishilar namozda turganlarida hanafiy mazhabi bo‘yicha doimo bo‘yanmagan, qo‘llariga lak va hinno surtmagan hamda uzuk taqmagan holda bo‘lishlari kerakmi?Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- “Namozga turganda” degan gapni qaerdan qo‘shib oldingiz?

27 May 2022, 01:55 | Savol-javoblar | 157 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar