Tish qo‘ydirishda hayzli ayol

Assalomu alaykum Muhtaram Shayx Hazratlari.Ustoz bir taqiyya muslima opamizga tish qo‘ydirishlaridan oldin ko‘niktirish uchun tishga o‘xshagan bir qoplama qo‘ydiribdilar. 5-6 kundan keyin stamatologni oldiga borib, "bu qoplama menga xalaqit bergani yo‘q yaxshi ekan" desa, tish qo‘yib qo‘yar ekan, lekin shu kunlarda hayz ko‘rib qolishibdi, u qoplama ko‘p og‘izda tursa og‘izni sasitib yuborar ekan. Tish qo‘ydirishdan oldin g‘usl va tahoratli bo‘lishi kerak deb o‘qigandik. Hayzli vaqtida nima qilishi kerak bo‘ladi? Javobingiz uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha narsani vaqtida oldirib, keyinroq poklanib bo‘lib haqiqiy narsani qo‘ydirsa bo‘laveradi.

27 May 2022, 01:55 | Savol-javoblar | 134 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar