to‘y marosimi va uy anjomlari erning zimmasida
Assalamu alaykum xurmatli Ustoz! Shu kunlarda ba’zi meni va oila a’zolarimni qiyin ahvolga solayotgan masalalarda Sizni yordamingizga o‘ta muhtojman. Allohdan umid qilamanki, bermoqchi bo‘lgan savollarimga Sizning javoblaringiz bizni oilamiz bu qiyin vaziyatdan chiqishi uchun ayni muddao bo‘ladi. Berilajak savolim matni uzun bo‘lganligi sababli Sizdan oldindan uzur so‘rayman va ma’lol olmaysiz degan umiddaman. Sizni vaziyat bilan tanishtirishga ijozat bergaysiz: Inshaalloh shu yilning bahorida to‘y qilishni niyyat qildik. Buning uchun kuzda Onajonim topgan qiz bilan unashtiruv marosimi bo‘ldi. So‘ngra to‘y marosimi, uning tartibi va albatta sarpo, uy anjomlari haqida maslahatlar boshlandi. Men bu ishlarni boshlashdan avval shariatimiz ko‘rsatmalarini o‘rganishga va shundan so‘ng ish qilishga kirishdim. Buning uchun Hadis va Hayotning “Nikoh” kitobini va “Bahtiyor oila”ni o‘qishni boshladim. O‘rganganlarim asosida to‘yni o‘tqazish lozimligini Ota-Onamga ma’lum qilganimda ular bu narsalarni hammasini ham to‘g‘ri qabul qila olishmadi. Men esa moddiy ahvolim bu kabi harajatlarni ko‘tarishini, eng asosiysi - shariatga hilof qilish niyyatim yo‘qligini va bu masalada o‘z fikrimni o‘zgartirmasligimni ta’kidladim. Ota-Onamga nisbatan Alloh qodir qilganicha husni muomalada bo‘lishga harakat qilaman, bu narsalarni qo‘ldan kelganicha chiroyli tushuntrishga harakat qilyapman. Bu ishim qisman o‘z samarasini berdi Allohga hamdlar bo‘lsin! Men Ota-Onamga, biz erkaklarga ertalap amru-ma’ruf qilib dasturxon yozishimizni, keyin esa (peshin bilan asr orasida) ayollarga nikoh oqshomini qilishimizni tushuntirdim. Ular bunga rozi bo‘lishdi. Keyin gap uy anjomlari, mebel, parda, gilamlar haqida ketganida, men bu narsalar kiyov tarafning zimmasida ekanligini tushuntirdim. Masala shu erga etkanida vaziyat juda murakkablashib ketti. Ular “bizning” odatlarimizga ko‘ra bu narsalarni kelin taraf qilayotganini va mening to‘yimda ham huddi shunday bo‘lishi kerakligini ta’kidlay bohlashdi. Oraga har hil, bu narsalardan ilmsiz bo‘lgan odamlar tusha boshlashdi. Har tarafdan taziqlarga uchray boshladim. Unashtiruv ma’rosimidan ikki kun oldin Onajonim bilan bu masladagi suhbatimiz shu darajaga etdiki, hatto ular “patahangga bormaymiz, falonchi ham, fistonchi ham bormaymiz, deyishyapti seni bu gaplaringni deb. Sen bizni bu gaplaring bilan sharmanda qilyapsan! Qiz tomonni xurmat qilmayapsan!”, degan ma’nolarni aytdilar. Shu kuni men bir olim kishining huzurlariga borib, ulardan maslahat so‘radim. Va U kishing maslahatlari asosida sun’iy ravshda vaziyatni yumshatgan bo‘ldim. Go‘yoki, men Ota-Onamlarning gaplariga kirganday bo‘lib o‘zimni tutdim. Olim kishining maslahatlariga ko‘ra, to‘y kunigacha hali etarlicha vaqt bor, shu 4-5 oy mobaynida vaziyatni shunday o‘zgartirishga harakat qilsih mumkunki, natijada Alloh buyurganiday to‘y qilishga erishish mumkin bo‘ldi, deb O‘ziga tavakkal qildik. Unashtiruv ma’rosimi arfasida qizning Onalari meni va Onajonimni uylariga taklif qilishdi. Biz ijobat qildik. Qizning Otalari chet elda bo‘lganlari sababli ba’zi gaplarni Onalari bilan gaplashishga to‘gri keldi. Shu suhbatimiz ohirida qizning Onalari menga: “uchrashuvda qizimizga “mebelni o‘zim sotib olaman”, debsiz. Bu ishiz to‘g‘ri, ammo biz mebelni allaqachon olib qo‘yganmiz. Bu masalada siz haqsiz, lekin meni ham tushuning, mebelni biz qilmasak bo‘lmaydi”, dedilar. Oradan bir necha kun o‘tib qizning Onalari va Opalari biznikiga mehmonga kelishdi. Balsam bu mehmondorchilikning sababi “uy ko‘rar” marosimi ekan. Shu kuni ular bizni uyimizning o‘lchamlarini bilib ketishibdi. Bunga esa bizning uyimizdagi ayollar sharoit yaratib berishganigini eshitib ahlimdagi ayollarni koyidim. Orada qattiq iboralarni ham ishlatishga majbur bo‘ldim. Chunki har qancha tashviqot qilmay, samarasiz bo‘lib ketayapti. O‘qigan-bilganlarimni kelin bo‘lmish qizga aytganimda ular men bilan 100% ham fikir ekanligini, lekin Onalariga bu narsani tushuntirishda zaif ekanliklarini aytdilar. Hozir ular safarda. Alloh izn bersa mart oyida Toshkentga kelishadi. Hullas kalom vaziyat hali ham shunday, Ota-Onalarimiz bilan ma’naviy kurashdamiz… Qo‘shimcha qilib shuni aytishim mumkunki, ikkalamizning Ota-Onalarimiz ham 5 vaqt namoz o‘qishadi, Ramazon va nafl ro‘zalar tutishadi, qurbonlik so‘yishadi… Xurmatli Ustoz, Sizdan iltimos, bu vaziyatda men va kelin bo‘lmish qiz nima qilishimizni maslahat berasiz? Ota-Onalarimizni, biz kabi mushkul ahvolda qiynalayotgan birodarlarimizni va albatta bizni haqqimizga duo qiling.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ota-onalaringiz siz ikkingiz bilgan narsalarni bilishmaydi. Ularning bilgani urfdagi ishlar. Shu bilan birga insondagi tushunchani o‘zgartish qiyin bo‘ladi. Bir ikki gap bilan o‘zgarib qolmaydi. Hammasi asta-sekin bo‘ladi. Sizlar hozirga erishgan narsalar ham anchagina. Shuning uchun hammasini birdaniga amalga oshirib bo‘lmasligini ham bilinglar. Gunoh bo‘lmagan narsalarni qabul qilsangiz bo‘ladi.
27 May 2022, 01:57 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ota-onalaringiz siz ikkingiz bilgan narsalarni bilishmaydi. Ularning bilgani urfdagi ishlar. Shu bilan birga insondagi tushunchani o‘zgartish qiyin bo‘ladi. Bir ikki gap bilan o‘zgarib qolmaydi. Hammasi asta-sekin bo‘ladi. Sizlar hozirga erishgan narsalar ham anchagina. Shuning uchun hammasini birdaniga amalga oshirib bo‘lmasligini ham bilinglar. Gunoh bo‘lmagan narsalarni qabul qilsangiz bo‘ladi.
27 May 2022, 01:57 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush