Uylanadigan qizning aqiydasi
Assalomu alaykum! Men uylanmoqchi bo‘lgan qiz va uning ota-onasi rus maktabida o‘qiganliklari sababli dinimizni deyarli umuman bilmas ekan. Tekshirib ko‘rish uchun xar xil savollar berib ko‘rdim. Masalan, Iso alayxissalomni Xudo deb o‘ylar ekan. Xech kim islomdan ta’lim bermagani bilinib turadi. Doim rus madaniyatini o‘rgatishgan, lekin o‘zi millatim o‘zbek, dinim islom, musulmonman deydi. Shu erda o‘ylanib qolaman. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning "taqvodoriga uylan" degan jumlali xadislarini bilaman. Shunga ikkilanib qoldim. Unga uylanib qo‘limdan kelgancha xaqni tushuntiraymi yoki u bilan xoziroq aloqani uzaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avval yaxshilab tushuntiring, agar chin dildan qabul qilsa keyin uylaning. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 22:45 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush