To‘yga to‘yonami?
Assalomu alaykum Shayx xazratlari.Alloh taologa hamdu-sanolar ,Payg‘ambarimiz(s.a.v)ga saloti-salomlar bo‘lsin.Alloh taolo ikki dunyoingizni obod etsin.Hurmatli ustoz!Ushbu savolni forumda qidirib topa olmay berishga qaror qildim.Hozir kuz fasli-butun O‘zbekistonda to‘ylar mavsumi.Halqimizda to‘yga to‘yona bilan borish bor narsa.Qarindosh urug‘larni to‘ylariga esa albatta, to‘yonasiz borilmaydi.Bizning tug‘ilib voyaga etgan yurtimiz bo‘lmish Hazratishoh qishlog‘ida nahorgi oshlarga har bir to‘y egasiga oshga borganlar o‘zaro yig‘ishib to‘yona qilishadi.Hozirgi kunda o‘rtacha 500-1000 so‘m .Katta summa emas.Ko‘proq beradiganlar(qarindoshlar, birodarlar,quda-andalar) o‘zlari alohida to‘yona qiladi.Hazratim!Dinimizda to‘yona qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar bormi.Alloh taolodan ilmingizni yanada ziyoda qilishini va bizlarni uzoq muddat naflantirishini so‘rab qolaman.Javobingiz uchun oldindan rahmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ko‘rsatma yo‘q.
27 May 2022, 02:27 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ko‘rsatma yo‘q.
27 May 2022, 02:27 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar