Grill

Assalomu alaykum! Meni eshitishimcha ko‘chada qilinayotgan grill harom, eyish mumkin emas ekan. Shunga asoslanib homilador ayolda shu «Grill»ni eyish istagi bo‘lsayu, u narsani eyish mumkin bo‘lmasa, u taqdirda nima qilish kerak? Umuman olganda ko‘chalarda tayyorlanayotgan grillni eyish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda ikki narsa asosiy qoida qilib olingan. Birinchisi: Asli harom bo‘lgan narsaning shar’iy yo‘l bilan halol qilingani sobit bo‘lmagunicha u haromligicha qoladi.  Masalan, go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ularning qoni chiqib ketmagani va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilinmagani uchun go‘shti haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani aniq bo‘lgachgina halol deb hukm qilinadi. Ikkinchisi: Asli halol bo‘lgan narsalarning biror yo‘l bilan harom qilingani sobit bo‘lmasa, ular halolligicha qoladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:42 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar