Qur’on kerimga mehrni oshirmoq
Assalomu alaykum. Muxtaram ustozlarimizdan maslahat söramoqchiman. Qur‘onni boshidan öqib uni hifz qilishni ma‘nolari bilan örganishni xohlayman. Lekin ba‘zi paytlarda Quroni karimga bölgan qiziqishim pasayib ketyabdi. Men Qur‘oni karimga ragbatimni oshirishim kerak. Buning uchun nima qilsam böladi. Qur‘oni karim kitobiga qiziqishim, e‘tiborim, ehtiromimni oshirishim kerak. Alloh uchun maslahatlaringizni ayamanglar, iltimos. Ilm olishimda g‘ayratim oshishida yordam beringlar...Qilayotgan ishlaringiz va maslahatlaringiz uchun Allohim ajr bersin!!!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Bismillaahir Rohmaanir Rohiim.Va alaykum assalom. Avvalo hidoyat va tavfiq Allohdan ekanini unutmaslik lozim. Binobarin, doimo Allohdan tavfiq va muhabbat so‘rab duoyu iltijoda bo‘lish kerak. Shu bilan birga, Qur’oni Karimning fazilati, uni o‘qish, o‘rganish va yod olishning fazli haqida kelgan oyat, hadis va asarlarni mutola’a qilish, mana shu yo‘lda mustahkam bo‘lgan kishilar bilan suhbatlashish, ularning tajribalaridan o‘rganish ham bu yo‘lda yaxshi natija beradi. Jumladan, "Hadis va Hayot" silisilasining 30 juzi "Qur’on fazilatlari" kitobi, "Qur’on qorilariga nasihat" va boshqa shu ma’nodagi kitoblarni o‘qish, yaxshi o‘zlashtirib borish lozim. Allohning Kalomini o‘qish inson zoti uchun ulkan sharaf va ulug‘ ne’matdir. Uni o‘qigan kishi Alloh taolo bilan so‘zlashgandek bo‘ladi, mislsiz ruhiy halovat topadi, qalbi musaffo bo‘ladi va boshqa son sanoqsiz yaxshiliklarga ega bo‘ladi. Qur’on o‘qiyotgan odam eng buyuk ibodatni qilayotgan bo‘ladi, u so‘ramasa ham, Alloh unga so‘raganlarga beradiganidan yaxshiroq narsani beradi, agar tilovatdan so‘ng duo qilsa, inshoolloh, albatta ijobat bo‘ladi. Qur’on sohibi dunyoda aziz bo‘ladi, oxiratda esa jannatning eng yuqori darajalarigacha Qur’on o‘qib ko‘tarilib boraveradi. Qur’on sohibi qiyomat kunida, hamma o‘zi bilan o‘zi ovvora bo‘lib turgan bir vaqtda o‘z yaqinlarini shafoat qilishga izn oladi. Qur’onga amal qilgan Qur’on homili ikki oyog‘ida yuradigan tirik Qur’on hisoblanadi, uni do‘st tutganni Alloh yorlaqadi, unga dushman bo‘lgan kishiga Alloh urush e’lon qiladi. Qur’on sohibi Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning merosxo‘ri bo‘ladi, u zotning ishlarini davom ettiruvchi shaxs hisoblanadi, faqat unga vahiy kelmaydi, xolos. Binobarin, Qur’onni yod olish o‘ta sharafli amal bo‘lishi bilan birga, juda ham ulkan mas’uliyatli ishdir. Alloh taolo hammalarimizning O‘z Kalomiga muhabbatimizni ziyoda qilsin va bu yo‘lda O‘zi yordamchimiz bo‘lsin. Amin. Vallohu a’lam.
27 May 2022, 02:29 | Savol-javoblar | 174 | Qur’oni karim