Muskat

Assalomu alaykum! Ziravor sotaman. Muskat yong‘og‘i taomlarga o‘zgacha tam beradi va ma’lum miqdorda iste’mol qilish insonlarga quvvat, xotira yaxshilashga yordam beradi, lekin ko‘p miqdorda iste’mol qilish mast qiladi. Asosiy xaridor har xil bahonalar bilan kelib olishadi va kimdir 3 ta, 5 ta, 10 tadan iste’mol qiladi, maqsadlari kayf qilish. Muskat sotishim halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ochiq-oydin mast bo‘lishi uchun sotib oluvchilarga sotmang. Vallohu a’lam!https://savollar.islom.uz/s/52443

25 May 2022, 22:17 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar