uglimni kori bulishiga xarakat kilmokchiman
assalomu alaykum uglim 5 yoshda zexni utkir kori bulishi uchun nima kilishim kerak yoshligidan ukitadigan maktablar bormi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom. Alloh o‘g‘lingizni baxtli, saodatli qilsin. Hozircha bizda bolalarga Qur’on yodlatish maktablari yo‘q. Shu bois, farzandlariga Qur’on o‘rgatmoqchi bo‘lgan kishilarga bu borada farzandlariga shaxsan o‘zlari yordam berishlari tavsiya etiladi. Besh yoshdagi bolalarning xat tanishi qiyin. Shuning uchun ularga bir ikki yil qisqa suralardan boshlab og‘zaki ta’lim berib turiladi. Bunda ularga har kuni yoki ikki kunda bir oyatdan o‘rgatib boriladi. Har bir oyatni ikki yoki uch yuz marta sanoq qildiriladi. Keyin oyatlarni bir biriga qo‘shishni mashq qildiriladi. Surani butun topshirgach, keyingi suraga o‘tiladi. Bola biroz malaka hosil qilib, xat tanishga layoqatli bo‘lganida, taxminan olti yoshdan o‘tganida, unga harf tanitilishi va shu tarzda ta’limni davom ettirishi mumkin.Vallohu a’lam.
27 May 2022, 02:40 | Savol-javoblar | 152 | Qur’oni karim