Gunxkormanmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, sizlardan Alloh rozi bo‘lsin. Turmush qurganimga 8 oy bo‘ldi turmush o‘rtog‘imni yashash mobaynida barcha xunik Alloh xarom qilgan ishlarni qilib yurishini guvoxi bo‘lyabman. Uni qaytarishga urunsam qo‘limdan kelmayabti, borgan sari hurmat qilolmay qolyabman. Biz ko‘p janjallashib qolamiz, menga maslaxat beringlar qanday yo‘l tutay? Men gunoxga qolyabmanmi shu qiliqlarim bilan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Fosiq erning fisqi kufr darajasiga etmasa u bilan yashash joiz. Hikmat bilan ish tuting. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:51 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar