kaysarlar

xazrat siz "zikr axlidan surang" 23 sonida bu xakda javob bergansiz lekin ba’zi "karsarlar"oy bitta saudiya bilan bizni 2soat farkimiz xalos deb uzlari tugul boshkalarni ruzalarini telefonda aytib bulsa xam ,ikki soat kolgan bulsa xam ochtirib yuborishyapdi( buni chakimchilik deb tushunmaysiz degan umiddaman musulmonlar tafrika bulmasin degan umiddaman) internetda astronomlarni saytini kurib chiksam bizda xech kanday xato bulmagan ekan chunki oy 31dakuringan degan ma’lumotni bergan,savol ;saudiyada xam observatoriya bormi yoki kaerdan ular bu xulosaga kelishadi.yukoridagi "kaysarlar"ga nima deb tushuntirish kerak.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qaysarlarga ilmingiz bo‘lmaganidan keyin jim yuring deyish kerak. Har o‘lka o‘zi oyning yangilanishini o‘zi belgilaydi. Agar noto‘g‘ri belgilansa ham ko‘pchilik ixtilofga tushmasligi uchun o‘shanga ergashish kerak. hech kim ular qilgan ishni to‘g‘ri demagan. Saudiyada ham, boshqa o‘lkalarda ham rasadxonalar bor. Aynan o‘sha rasadxonalar bu yilgi Ramazon hayiti o‘z yurtlarida noto‘g‘ri belgilanganini aytishdi. Hamma muftiylariga qarshi chiqishdi. Katta noroziliklar bo‘ldi. Misr va Saudiya muftiylari bayonot berishga majbur bo‘ldilar. Ularni rasadxonada turgan qari odamlarning ko‘z bilan ko‘rdim deganiga ishonganlari uchun ayblashdi.- Endi siz aytgan “qaysarlar” bilmay qilgan bo‘lsalar o‘z ro‘zalarini qazosini tutishlari kerak. bilib qilgan bo‘lsalar, oltmish kun kafforot ro‘zasi tutadilar. Agar birovlarga ochtirib yuborgan bo‘lsalar, qiyomatda javobini beradilar.

27 May 2022, 02:41 | Savol-javoblar | 140 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar