Akaning mulkidan zakot berish

Assalomu alaykum! Akam chetelda jo‘natgan pullarini bu erda men boshqaraman, xisob so‘ramaydi. Men o‘zim uchun ishlatadigan pullarimni xam so‘ramaydi. Bu xarom emasmi men uchun yoki oylik maosh belgilatib olaymi akamdan? Aka-uka o‘rtasida meniki seniki bormi deydi, lekin zakot pulini chiqaramiz desam bergisi kelmaydi. Men akamga bildirmay uning o‘rnida zakotni chiqara olamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Akangizdan so‘ramasdan olmang, yoki maosh belgilab oling. Zakot farz ibodati. Mol egasi o‘zi niyat qilishi, ajratishi shart. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 14:36 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar