Kumush uzuk taqish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, uylanmagan yigit kumush uzuk taqishi joizmi? Ya’ni sunnatga muvofiqmi? Uzuk taqish uchun erkak balogatga etganligi kifoya qilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uzuk taqishda uylangan yoki uylanmaganning farqi yo‘q. Lekin erkaklar tillo uzuk taqishlari shar’an harom. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ اصْطَنَعَ خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ وَجَعَلَ فَصَّهُ فِي بَطْنِ كَفِّهِ إِذَا لَبِسَهُ، فَاصْطَنَعَ النَّاسُ خَوَاتِيمَ مِنْ ذَهَبٍ، فَرَقِيَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الْمِنْبَرَ فَحَمِدَ اللهَ وَأَثْنَى عَلَيْهِ وَقَالَ: إِنِّي كُنْتُ اصْطَنَعْتُهُ وَإِنِّي لَا أَلْبَسُهُ فَنَبَذَهُ فَنَبَذَ النَّاسُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam tilladan uzuk yasatdilar. Uni taqqanda ko‘zini kaftlarining ichiga qaratib olar edilar. Boshqa odamlar ham tilladan uzuklar yasatdilar. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam minbarga chiqdilar, Allohga hamdu sano aytdilar va: «Men buni yasatib olgan edim, endi uni taqmayman», deb otib yubordilar. Odamlar ham otdilar». Beshovlari rivoyat qilganlar. Sharh: Ushbu rivoyatdan Islomning avvalida erkak kishilarga ham tilla uzuk taqish joiz bo‘lganligi tushuniladi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, Islomdan oldin erkaklarda tilla taqinchoqlar taqish odati bo‘lgan va bu odat ma’lum muddat Islom davrida ham davom etgan. Bo‘lmasa, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam zinhor o‘zlariga tilla uzuk qilib olmas edilar. Keyinchalik, ushbu hadisi sharifda zikri kelayotgan hodisadan so‘ng musulmon erkaklarga tilla narsalarni taqinchoq va idish-tovoq kabi narsalar sifatida ishlatish harom qilindi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 02:08 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar