Bir soat bilim olish va nafl namoz

Assalomu alaykum! Alloh bilimingizni ko‘paytirsin. «Bir soat bilim olish bir qancha yillar nafl namoz o‘qishdan afzal» ma’nosidagi xadis mavjudmi? Ustozlar, «Makkaning 2 masjidida va Quddusning Al Aqso masjidida o‘qilgan bir namoz boshqa masjidlarda o‘qilgan 1000 namozdan qo‘ra yaxshiroq» degan xadisni o‘qidim. Demak biz xech qachon u erda tug‘ilib o‘sgan va doimo shu masjidlarda (3ta muqqaddas masjidlarda) namoz o‘qiganlardan amallar borasida o‘zib keta olmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Mavjud. 2). Amal qilishga yaroqli. 3). Bu jihatdangina o‘zib ketolmaymiz. Boshqa jihatdan o‘zib ketishimiz mumkin. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 02:08 | Savol-javoblar | 143 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar