Shu salovat to‘g‘rimi

Assalomu alaykum! Alloxumma solli a’la sayyiddina Muxammad , annabiyul ummi al maxbubiy ali qodamil a’ziimi jaa. Shu salovatni eshitdim, o‘zbek tilida manosini tarjimasini bilmoqchiman, aytib yursam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eng afzal salavot qaysi ekanini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mo‘minlarga ta’lim berganlar. U “Solati Ibrohimiy”dir. Shu salavotning aytib yursangiz, ajri ulug‘roqdir: عَنْ كَعْبِ بْنِ عُجْرَةَ رضي الله عنه قَالَ كَانَ النَّبِيُّ صلي الله عليه و سلم يَقُولُ فِي الصَّلَاةِ اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ، كَمَا صَلَّيْتَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وَآلِ إِبْرَاهِيمَ، وَبَارِكْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَآلِ مُحَمَّدٍ، كَمَا بَارَكْتَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وَآلِ إِبْرَاهِيمَ، إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ رَوَاهُ الْخَمْسَةُ وَالشَّافِعِيُّ وَاللَّفْظُ لَهُ Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam namozda:
«Allohumma solli ’alaa Muhammadin va alaa aali Muhammadin, kamaa sollayta ’alaa Ibrohiyma va aali Ibrohima. Va baarik ’alaa Muhammadin va aali Muhammadin, kamaa baarokta ’alaa Ibrohiyma va aali Ibrohiyma. Innaka hamiidun majiid», der edilar».
Beshovlari va Shofe’iy rivoyat qilishgan. Lafz o‘sha kishiniki. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!

13 May 2022, 10:43 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar