Zakotni xola va ammaga berish

Assalomu alaykum! Mani chekkaroq qishloqda bir nochor xolam va ammam bor. Ular namoz o‘qimaydi ham,  ro‘za ham tutishmiydi. Ularga tushuntirmoqchi bo‘lsam man haqimda yomon o‘ylashadi. Birinchi yil ularga zakot berdim. O‘zi man zakotni ularga beraganim afzalmi yoki namozxon faqirlargami? Javobiz uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar sizni ehsoningizdan ta’sirlanishning umidi bo‘lsa, ularga berganingiz afzal. Bersangiz “Xohlagan kishingdan ol, baribir uning asiriga aylanasan” deyilganidek ba’zi bir nasihatlarni qilsangiz, oladigan ham bo‘ladi. Agar tuzalishiga umidingiz bo‘lmasa, namozxon faqirlarga berganingiz afzal. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 02:08 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar