Yana taloq masalasi
Assalomu alaykum! Er xotinini bir taloq qilsa va undan keyin yangi nikox o‘qitishgan bo‘lsa, undan 4-5 yil o‘tganidan keyin er xotinini yana taloq qilsa, bu keyingi taloq ikki taloq xukmida bo‘ladimi yoki oldin taloq qo‘yilganidan keyin yangi nikox o‘qitilgani uchun yana boshidan xisoblanib bir taloq xukmida bo‘ladimi? Agar shu taloq tushganidan keyin bir yil o‘tib ketgan bo‘lsa xam yana qayta nikox o‘qitish joizmi? Man ayolga taloq tushganidan keyin o‘z eriga iddasi ichida qayta nikox o‘qitilishi kerak deb o‘qigandim. Javoblar uchun Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar holat xuddi siz aytgandek bo‘lsa, avvalgisi bilan qo‘shilib ikki taloq bo‘ladi. Iddasidan keyin nikoh o‘qitilsa ham bo‘ladi. Agar holat boshqacharoq bo‘lsa, hukmi ham boshqa bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:19 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush