Bomdod namozining qazosi

Sizdan bir holat bo‘yicha savol so‘ramoqchi edim. O‘zimning namoz o‘qiyotganimga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Namoz o‘qish qoidalarini imkon qadar puxta organishga harakat qilaman.Bir kuni masjidda bir namozxon kelib bomdod namozining qazosini o‘qimoqchiligini aytdi. O‘shanda peshin namozining vaqti kirishiga 15-20 daqiqa qolgan edi. Biz o‘qisangiz bo‘ladi degan edik, masjid imomi: "Yo‘q bomdod qazo bo‘lgan bo‘lsa soat 10.00 gacha o‘qib olish kerak undan keyin bo‘lmaydi" dedilar. O‘sha paytda gapni ko‘paytirmaylik deb buning hukmi so‘ralmay qoldi.Hurmatli Shayx Hazratlari men islom.uz saytidagi namoz borasidagi ahkomlarni o‘qib bunday humkni hech ko‘rmadim. Ustoz nega soat 10.00 dan keyin bomdod namozining qazosini o‘qish mumkin emasligini tushuntirib bersangiz.Javobingiz uschun oldindan rahmat. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday gap borligini men bilmayman. Unda qazoni o‘qimay qo‘yish kerak bo‘ladimi?

29 Aprel 2022, 02:08 | Savol-javoblar | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar