Onamni rozi qilish
Assalomu alaykum. Onamni maxalla orqali xaj uchun navbat yozdirib qo‘yganmiz. Yaqinlashib qolibdi navbatlari. Onamning yoshlari 65 da. Ammo man ayol kishini xajga yolg‘iz, nomahram borib bo‘lmasligini eshitib, buni onamlarga ham aytdim. Ammo ular xuddi man ularni xajga borishlariga pul qizg‘onayotgandek tushundilar. O‘zim xam birga borishim uchun xozir ikki kishiga pulim etmaydi. Man so‘ramoqchi bo‘lgan savolim: onamlarni xursand bo‘lishlari uchun bir o‘zlarinir xajga jo‘natsam gunoxkor bo‘lib qolmaymanmi? Yoki xajga bir o‘zlarini ketishlarini istamasdan xajga pul bermasam, ular mandan norozi bo‘lsalar, onanini norozi qilganlik gunoxi bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga ham ular bilan birga borish nasib qilishini Allohdan astoydil so‘rang. Ayol kishi mahramsiz safar qilishini shariatimiz qaytargan. Ayollar mahramsiz haj yoki umraga mahramsiz borib, qattiq qiynalganlariga ko‘p bora guvoh bo‘lganmiz. Onangizga gapi o‘tadigan biror ahli ilmga murojaat qiling. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 153 | Haj va umra