Kuch ishlatsam joizmi?

Assalomu alaykum Shayx hazratlari,Men o‘z singlimga qo‘limdan kelganicha islom arkonlarini tushuntirganimdan so‘ng, u Qur’onda aytilganidek keyinishga o‘tgandi. Lekin onamning gaplari va qistovlari natijasida hozir ochiq kiyimlarni kiyib ishga borib kelyapti. Hattoki ishton ham kiymay ko‘chaga chiqyapti. Shu holatda men nima qilishim kerak? Bir necha bor tushuntirdim lekin gaplarimni qulog‘iga olgisi yo‘q. Shu holatda men dayus bo‘lamanmi? Tushuntirishlarim behuda ketgach, bu holatdan qutulish uchun, o‘zimni jahannamdan qutqarish maqsadida unga nisbatan kuch ishlatsam joizmi?Lekin kuch ishlatsam ota-onam mendan qattiq norozi bo‘lishsa kerak. Sababi, ular dindan yiroqroq odamlar...Javobingiz uchun avvaldan rahmat, Allohning o‘zi sizni yaxshi mukofotlar bilan mukofotlasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tushuntirishda davom etavering.

27 May 2022, 03:16 | Savol-javoblar | 130 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar