Qarzga pul berish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, meni hovlimga zina quyadiga ustalar ishga tushgandi. Ularni xizmat haqi 650.000 ming so‘m. Usta mendan bir oy muxlatga 400$ qarz so‘rayabdi. U “Agar qarz berib tursangiz, biz kelishgan xizmat haqini yarmini bersangiz bo‘ldi. Men roziman” deyabdi. Ya’ni 650.000 ming so‘mni yarmini. Qarzni bir oyda qaytaraman deyabdi. Buning shar’iy echimi qanday bo‘ladi? To‘g‘risi qarzni shunday bergim kelayapti, lekin mendan oldin qarz olganlar hech qachon vaqtida qaytarmagan. Shunga o‘ylanib qoldim. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qarz berganingiz uchun haqqidan kamaytirishingiz halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:50 | Savol-javoblar | 136 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar