Qanday gunox

Assalomu alaykum Shayx xazratlari. Sizdan bir tanishim iltimosi bo‘yicha savol bermoqchi edim. Tanishim ayol kishi va uning turmush o‘rtog‘i boshqasini yoqtirib xiyonat qilgan. Tanishim ajrashmoqchi emas. Biroq turmush o‘rtog‘i bilan bu ishlarni qilgan ayol xaqida xadeb o‘ylayveradi ya‘ni erining o‘sha ayolga bo‘lgan munosabatllarini o‘ylayveradi. Shayx xazratlari to‘g‘ri tanishimning eri va o‘sha ayol gunox qilishgan, biroq tanishim xam bu o‘y xayollari bilan gunox qilyapti nazarimda, ya‘ni u ayolga nisbatan ichi qoralikmi, xasad tuyg‘usi bordek nazarimda yana bilmadim. Unga bu o‘ylashlaring gunox va unda xasad bor desam u undaymas xaqqim bor o‘ylashga erimku deyapti, lekin shu o‘ylari gunoxligini anglashni va anglagan zaxoti bu gunox xayollarini tugatmoqchi va gunoxligini anglashni shunday xoxlayaptiki. Iltimos bu xolatda uning bu o‘ylari gunox bo‘lsa bu qanday gunoxligini, xasadmi yoki undan boshqa gunoxmi ayting iltimos. Bir oila uchun juda katta savob qilgan bo‘lar edingiz. Javob uchun raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘y gunoh bo‘lmaydi.

27 May 2022, 03:20 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar