Savdodagi kelishmovchilik
Assalomu alaykum! Bir akam nomlaridan yozayapman, savolim shuki 2020 yil dekabrda xozmakka tsement uchun pul bergandim, 2021-yil esa keragini olib ishlatdim, qolganini pulini ber desam, endi hozzirgi narxda hisoblab beryapti, pul berayotganimda narx haqida gaplashmaganmiz, bizda ko‘pchilik shunday qiladi, ya’ni qishda xozmaklarda savdo bo‘lmayotganda pul berib qo‘yadi (qishdagi narxga ko‘ra) va kerak bo‘lganda olib ishlatadi. Bizni urfda qilayotgan ishimiz to‘g‘rimi, xozmakchining qilgan ishichi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishingiz nojoiz. Pulni nima uchun berayotganingiz noaniq. Sotuvchi bilan salam savdosi tuzsangiz bo‘ladi. Salam savdosining o‘z shartlari bor. Vallohu a’lam!
Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qib o‘rganing:https://islom.uz/maqola/7218
25 May 2022, 15:11 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat