Onamni bergan suti harom bo‘lsin deb qasam ichish

Assalomu alaykum fazilatli Shayx Hazratlari. Alloh umringizga va ilmingizga barakalarini ziyoda aylasin! Hazrat sizga bir birodarimning savoli bilan murojaat etishga ijozat bersangiz. Hazrat bir yigit bir qizni yoqtirib, garchi bu gunoh bo‘lsa ham uchrashib yurar ekan. Bundan qizning yaqinlari xabar topib, bunga to‘sqinlik qilishibdi. Va qizni yigit bilan qayta gaplashmasligi uchun majburan qasam ichirishibdi. Qiz ham agar shu yigit bilan gaplashsam onamni bergan suti harom bo‘lsin degan ma’noda qasam ichibdi. Endi ular o‘zaro gaplashmaslikka qiynalishayotgan ekan. Yigitni uylanishga imkoniyati yo‘q ekan. Qasamni buzib gaplashsak nima bo‘ladi? deb so‘rashmoqda. Hazrat shu masalani echimini aytsangiz iltimos. Javobingiz uchun rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Albatta! Gunoh ustiga gunoh bo‘ladi.

27 May 2022, 03:42 | Savol-javoblar | 160 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar