Tarozi xakida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, mening savolim tarozi haqida. Men savgodarlik bilan xam dexqonchilik bilan xam shug‘ullanaman. Dexqondan yuk olsak (deyarli xamma) birinchi savdolashamiz va tarozi xaqida xam kelishamiz (masalan pomidor oldik yashikka solamiz, tarozida 30kg 800gr chiksa 31kg ga. 30kg 750gr chiksa 30kg ga xisoblaymiz. Bazida 30kg 550gr chiksa 31kg ga. 30kg 500gr chiksa 30kg ga xisoblaymiz (deyarli xamma) shunday). Keyin biz bozorda sotsak xam xuddi shunday o‘lchab olishadi. Bitta yashik 1kg 400gr chiksa 2kg ga xisoblanadi, sotsak xam sotib olsak xam. 150-200 ta yashikni shunday xisoblaymiz. Oluvchidan skidkasini o‘zingizni ximmatingiz deymiz (bazilar 3% yo 5% deydi). Dexkon bilan savdogar kelishib ikkovlari xam rozi bo‘lishsa baribir gunoxmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Gunoh. Chunki buni oldini olish hech qanday mashaqqat emas. Siz aytgan suratda qancha-qancha haqqlar evazsiz qolib ketadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:20 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat