"Beshovlari" rivoyat qilishgan
Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari.Ustoz, ko‘p hadislarning ohirida "Beshovlari rivoyat qilishgan" deb yoziladi.Savol:"Beshovlari" deyilganda qaysi muhaddis olimlar nazarda tutiladi?Ushbu hadis qaysi hadislar darajasiga tegishli hisoblanadi?Alloh ishlaringizni bardavom qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hadis va Hayotning birinchi juzida bayon qilingan.KITOBNING ISTILOHI Muxtasar qilish rag‘bati ila barcha takror rivoyatlar o‘rniga bir rivoyatni olish bilan kifoyalandim. Shuningdek, sanaddan hadisning eng avvalgi roviyi va uni chiqargan shaxsni olish bilan kifoyalandim.
Sharh: Hadis kitoblarida o‘zidagi ma’no va bir necha hukmni ichiga olganligi e’tiboridan bir hadis bir necha bor takrorlanib keltiraverilgan. Misol uchun «Kitobi tahorat»da zikr qilingan hadis «Kitobi salot», «Kitobi haj»da ham takror kelgan. Muallif kitobida shunday takrorlar yo‘qligini aytmoqchi. Shuningdek, asl hadis kitoblarida hadisning matnidan oldin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan tortib, to kitob egasi bo‘lgan muhaddisgacha bo‘lgan roviylar birma-bir zikr qilingan. Ularning asosiy ishlari ham o‘sha roviylarni aniqlash, ularning ishonchli kishilar ekanligini topishdan iborat bo‘lgan. Roviylar to‘liq va aniq zikr qilinmagan hadisni hech kim qabul qilmagan. Ammo endi, hamma narsa aniq bo‘lgani uchun hadisni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan sahobiyni va uni chiqargan olim muhaddisni zikr qilsa hamma narsa tushunarli bo‘lib qolgan. Shayx Mansur Ali Nosif ham shundoq qilganlar. وَقَصْدًا لِلإِفَادَةِ بِأَحْسَنِ أُسْلُوبٍ الْتَزَمْتُ فِي الْنَقْلِ مَا يَقَعُ اخْتِيَارِي عَلَيْهِ مِنْ لَفْظِ الْبُخَارِي أَوْ مُسْلِمٍ فِيمَا اشْتَرَكَا فِيهِ وَلَوْ مَعَ غَيْرِهِمَا، فَإِنِ اشْتَرَكَ الْبُخَارِي مَعَ غَيْرِ مُسْلِمٍ نَقَلْتُ لَفْظَ الْبُخَارِيِّ، وَ إِنِ اشْتَرَكَ مُسْلِمٌ مَعَ غَيْرِ الْبُخَارِيِّ نَقَلْتُ لَفْظَ مُسْلِمٍ Eng yaxshi uslubdan foydalanish maqsadida, ixtiyor qilgan hadisni naql qilishda Buxoriy yoki Muslim hadisni rivoyat qilishda boshqalar bilan ishtirok etgan bo‘lishsa, ikkovlarining lafzini ixtiyor qildim. Agar Buxoriyning o‘zi Muslimdan boshqalar bilan ishtirok qilgan bo‘lsa, Buxoriyning lafzini oldim. Agar Muslim Buxoriydan boshqalar bilan ishtirok qilgan bo‘lsa, Muslimning lafzini oldim.Sharh: Boshqa muhaddislar ham shundoq qiladilar. Chunki mazkur besh kitobning ichida eng mo‘’tabari Buxoriy, keyingisi esa Muslimning kitoblaridir. Shuning uchun bir hadisni bir necha muhaddis o‘z kitobida keltirgan bo‘lsa, eng yaxshi lafzini zikr qilish ishtiyoqida Buxoriy qandoq lafz bilan rivoyat qilgan bo‘lsa shundoq keltiriladi-da, orqasidan «bu hadisni falonchilar ham rivoyat qilgan», deb qo‘yiladi. وَإِنْ كَانَ الْحَدِيثُ مَرْوِيًّا ِلأَصْحَابِ السُّنَنِ نَقَلْتُ لَفْظَ أَبِي دَاوُدَ «Agar hadis sunan sohiblari tomonidan rivoyat qilingan bo‘lsa, Abu Dovudning lafzini keltirdim».
Sharh: Chunki Abu Dovud uchinchi martabadadir. Abu Dovud, Termiziy, Nasaiylarning kitoblari «Sunan» deb nomlanadi. وَإِنْ نَقَلْتُ غَيْرَهُ بَيَّنْتُهُ وَرُبَّمَا قُلْتُ رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَصَاحِبَاهُ، وَإِنْ قُلْتُ رَوَاهُ الشَّيْخَانِ عَنَيْتُ الْبُخَارِيَّ وَمُسْلِمًا، وَإِنْ قُلْتُ رَوَاهُ الثَّلاَثَةُ أَرَدْتُ الشَّيْخَيْنِ وَأَبَا دَاوُدَ، وَإِنْ قًلْتُ رَوَاهُ اْلأَرْبَعَةُ قَصَدْتُ الثَّلاَثَةَ وَالتِّرْمِذِيَّ، وَإِنْ قُلْتُ رَوَاهُ الْخَمْسَةُ عَنَيْتُ اْلأَرْبَعَةَ وَالنَّسَائِيَّ، وَإِنْ قُلْتُ رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ قَصَدْتُ أَبَا دَاوُدَ وَالتِّرْمْذِيَّ وَالنَّسَائِيَّ، وَلَوِ اخْتَلَفَ النِّظَامُ عَنْ هَذَا بَيَّنْتُهُ بِالنَّصِّ عَلَيْهِ.وَكُلٌّ مَوْضُوعٍ يَدُلُّ عَلَى عَمَلٍ مُرَتَّبٍ كَالصَّلاَةِ وَالْحَجِّ وَضَعْتُ أَحَادِيثَهُ عَلَى وَفْقِ التَّرْتِيبِ الَّذِي أَمَرَ بِهِ الشَّارِعُ، وَأَمَّا فِي غَيْرِ ذَلِكَ فَقَدْ كُنْتُ فِي الْغَالِبِ أُقَدِّمُ مَا يَرْوِيهِ الْكَثِيرُ عَلَى غَيْرِهِ حَتَّى أَخْتِمَ الْبَابَ بِاْلأَحَادِيثِ الْفَرْدِيَّةِ إِنْ كَانَتْ، مُرَاعِيًا تَقْدِيمَ الصَّحِيحِ عَلَى غَيْرِهِ إِلاَّ مَا يَقْتَضِي خِلاَفَ ذَلِكَ كَتَقْدِيمِ مَنْسُوخِ عَلَى نَاسِخِهِ وَمُجْمَلٍ عَلَى مُفَسِّرِهِ Agar Abu Dovuddan boshqasidan naql qilgan bo‘lsam, uni bayon qildim. Ko‘pincha: «Termiziy va uning ikki sohibi rivoyat qilgan», dedim. Agar: «Ikki shayx rivoyat qilgan», desam, Buxoriy va Muslimni ko‘zlagan bo‘laman. Agar: «Uchovlari rivoyat qilgan, desam, ikki Shayx va Abu Dovudni, «to‘rtovlari», desam, avvalgi uch kishi va Termiziyni qasd qilgan bo‘laman. Agar: «Beshovlari rivoyat qilgan», desam, mazkur to‘rtlikka Nasaiy ham qo‘shilgan bo‘ladi. Agar, sunanlar sohiblari, degan bo‘lsam, Abu Dovud, Termiziy va Nasaiyni qasd qilgan bo‘laman. Agar bu nizomdan boshqacharoq bo‘lsa alohida bayon qilaman. Namoz, hajga o‘xshash tartib qilingan amalga dalolat qiladigan har bir mavzuning hadislarini shariatdagi tartibi bo‘yicha qo‘ydim. Boshqa hollarda esa, ko‘pchilik rivoyat qilgan hadisni muqaddam keltirdim. Bobning oxirida yolg‘iz kishilar rivoyat qilgan hadislarni keltirdim. Shuningdek, sahihni g‘ayri sahihdan oldin keltirishni rioyasini qildim. Magar mansuxni nosuxdan, mujmalni mufassiridan oldin keltirmadim.Sharh: Boshqa muhaddislar ham xuddi shu yo‘lni tutadilar. Chunki hadis kitoblarining va hadislarning martabalari tartibi hamma uchun ma’lum va mashhur. Shuning uchun ham kuchli muhaddislar va kuchli hadislar muqaddamga suriladi. Kuchsizlari oxirda qoladi. Ba’zi bir hadislar mansux bo‘lib amaldan qolgan bo‘lsa, albatta, uning nosuxi – amaldan qoldirgan hadis – undan keyin kelgan bo‘ladi. Xuddi shu kabi, ba’zi bir hadisda bir masala mujmal – umumiyroq zikr qilinib, boshqa birida mufassal bayon qilingan bo‘ladi. Tabiiyki, bunday paytda oldin mujmal, keyin mufassal bayoni bor hadis keltiriladi.
27 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 212 | Hadislar