Vitiligo
Assalomu Alaykum xurmatli Shayx Xazratlari. Murojaat qilishim boisi bir xolat juda qiynayotganligi. Inson ulg‘ayganidan so‘ng ota-ona farzandi uchun juft halol istab sovchilik bilan xonadonma xonadon yura boshlaydi. Ko‘pincha bu onalar elkasiga tushadi. Afsuski Volidam vafot etganlar. Uylanmaganman. Opalarim kelin izlab ko‘chama ko‘cha mana bir necha yil sarson. Yaxshi qizlar yoxud oilalar qolmagan demoqchi emasman, lekin juda xam kamayib ketgan. Qizlardan xayo qochgan, iymon, insof, taqvo. Ular kimdan o‘rnak olishyapti xayronsan. Xaqiqattan ham televidenie ko‘pchiligini buzayapti. Yoki ota-onalar juda ham bee’tibor bo‘lib ketishgan. Insonni go‘zalligi iymonida, hayosida va tarbiyasida ekanligi ko‘pchilikka hozir notanish. Mavzuda nari ketmasdan, opalarim bir yaxshi oiladan kelin topganday (ochig‘i bunda pochammi yordami katta) bo‘lib bizni uchrashtirib, lekin yana qarshilikka o‘tib bir qiyin holatga qo‘yib qo‘yishdi. Sababi esa kelinning onasi qo‘li hozirgi kunda juda ko‘p tarqalib ketgan "Vitiligo" (Pes) kasalligi bilan chalingani bois va meditsinada bu kasallik gen orqali farzandga yoki unga o‘tmasada keyingi avlodda uchrashi mumkin bo‘lgani uchun qarshiliklar vujudga kelyapti. Buni bilsamda va yaqinlarimga "Insonni taqdiri Allohni ikki panjasi orasida" deb tushintirishim "Alloh istasa bu kasllikni olib tashlashi" mukin deb aytganlarim va "Bu kasallik qo‘lida emas yopiq yuradigan tanasini boshqa bir joyida bo‘lganidachi", "Sizlar bilib turib olib bersanglar Alloh Taolo O‘zi taqdirlab kasallikni olib tashlashi mumkin" deb murojaat qilganim yordam bermayapti. Oldiniga otam xam men tarfda edilar lekin "Kasallik" o‘tishi mumkinligini bilib ular ham qarshilik qila boshladilar. Ochig‘i keyingi avlodga o‘tishi mukinligidan cho‘chishyapti. Bir qori akadan shu masalda suxbatlashgandim, ular Sizga murojaat qilib ko‘rishimni aytdilar. Avallar ham sizga murojaat qilib savollarimga javob berganingiz uchun tashakkurlar aytaman. Kattakon rahmat. Savolimga uzoqdan kelgan bo‘lsamda, yordam bersangiz, "Islomda" bunday kasallik to‘g‘risda va ota yoki ona kasallikka chalinganda farzandga yoki keyingi avlodga o‘tishi yoxud o‘tmasligi to‘g‘risida biron bir xabar bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Buni tabiblardan so‘rash kerak.
27 May 2022, 04:06 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Buni tabiblardan so‘rash kerak.
27 May 2022, 04:06 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush