Yolg‘iz ayol ham zakot beradimi

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘i vafot etgan yolg‘iz ayol ikki nafar farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan bo‘lsa, mol-mulki nisobga etsa zakot beradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo er vafot topgach erning mulki meros yo‘li bilan taqsimlanadi. Aniqki bu holatda ikki farzandga ham merosdan ulush tegadi. Ularning ulushidan tashqari ayolning shaxsiy mulki zakotga hisoblanadigan mollar qatoridan bo‘lsa(chunki hamma mol-mulk ham zakotda hisoblanavermaydi) va nisobga etsa keyin zakot farz bo‘ladi va berishi ham farz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 07:21 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar