joriya Allohni qaerda deb bilardi?

Shayh hazratlari! E‘tiqod mas‘alasi ahamiyati e‘tiborli bo‘lgani uchun so‘ramoqchi edim. Ba‘zi tafsirlarda oyatdagi Allohning qo‘lidan murod qudrat qo‘li deyilibdi. Bu ta‘vilga kirib qolmaydimi? Ahir qolining kayfiyati ma‘lum emasku! Yoki mufassirlarning qat‘iy dalillari bormi?Yana bir savol: Alloh qaerda deb so‘ralsak nima deb javob berishimiz kerak? Osmonda desak malomatga qolyapmiz. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam joriyaning Osmonda, degan javobiga sukut saqlaganlariga asoslangandik. Lekin imom domlamiz Allohni bir makonga xoslab bolmaydi, dedilar, lekin batafsil bayon qilmadilar, aksincha, lomakon deyish bilan cheklandilar. Bundan Alloh osmondami, deyilsa, yoq, pastdami, deyilsa, yoq, ongdami, deyilsa, yoq, chapdami, deyilsa, yoq, ya‘ni yoq, degan xulosaga olib bormayaptimi bu?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu masalada ma’lum bir toifa Ahli Sunna va Jamoaga qarshi siz aytgan gaplarni aytib xilof qiladi. Men hanuzgacha odamlarni hozir diynni yaxshiroq o‘rganib olishsin, keyin tushuntirarmiz deb bu masalani qo‘ziyotganlarga javob bermayotgan edim. Chunki, o‘sha toifaning fiqhda qo‘zigan ixtiloflarining o‘zi etarli bo‘lib turibdi. Ularning ixtilof qo‘zishdan boshqa ishlari yo‘q. Ko‘pchilikni band qilish haqida topshiriq olishgan bo‘ladi. Shu bilan birga, qo‘ziyotgan ixtiloflari allaqachon o‘lib ketgan fitnaning tiriltirishdan boshqa ish emas. Bizga turli sabablarga ko‘ra etib qelmagan, xolos. Yaqindan beri yana shunga oid savollarni qayta-qayta qo‘zishib qoldi. Ko‘rsatma sodir bo‘lganga o‘xshaydi. Agar siz vaqtini topib qabulimga kelsangiz, tushuntirib beraman.

27 May 2022, 04:27 | Savol-javoblar | 135 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar