Xijob o‘rash uchun qilinadigan amallar
Assalomu alaykum! Men 2 yil bo‘ldi xijobga kirganimga Alhamdulillah. Yaqinda bir dugonam bilan ko‘rishib qoldim. U xam xijobga kirmoqchi edim bir otin oyi xijobga kirishni o‘zini duolari bo‘ladi o‘shalarni o‘qib yodlab, nimadir amallarini qilib keyin kiriladi deb aytdi. Shularni qilib kirish kerak edi bo‘lmasa xijobga kirmaydi deb aytdi, dedi. Men esa yo‘q xijobda unaqa duolarni qilish kerakligini bilmayman menimcha avratni to‘liq yopish, o‘ta tor ichi ko‘rinadigan kiyim kiyilmasa xijob o‘rasa bo‘laveradi dedim. Yana anig‘ini bilmayman dedim. Savolim xijob o‘rashda duolari bormi qanaqa duo o‘qishim kerak. Men xech qanaqa duolarsiz xijobga kirganman endi xozirgacha xijobda yurganlarim xijobsiz yurgan xukmda o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha otin oyi dinni bilmas ekan. Siz to‘g‘ri aytibsiz, avratni to‘sish uchun biror zikr, duo yoki boshqa shu kabi amallar shart emas. Shar’iy jihatdan balog‘atga etgach avratlarini to‘sish farz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 189 | Islam