Naxyi munkar tark kilinmokdami?

Assalomu alaykum muxtaram ustoz! Rosti bu maktubni sizga yullashga kup taraddudlandim. Yuragimda tuplanib kolgan iztiroblarimni kimgadir aytishim kerak edi. Albatta bu din kaygusidir. Allox yordam bersin barchamizga!Ustoz insonning ota-onasidan sung eng kadrli insoni bulgani uchun sizga murojaat kilmokdaman. Iltimos maktubimdagi muammolarga uz munosabatingizni va maslaxatingizni bersangiz.Xozirda juma namozi ukiladigan masjid imomlariga diniy idora tomonidan xar juma kungi ma’ruza tezisi yuboriladi. Imom domla usha tezisdagi ma’ruza mavzusidan boshka mavzuda ma’ruza kila olmaydi (uzimizning muxit va sharoitdan kelib chikib aytayapman). Lekin din ilmidan ozgina bulsada nasiba olgan kishi bu ma’ruza mavzularining odilona tuzilmayotganining guvoxi buladi. Chunki yuborilayotgan juma tezislari yordamida dinimizdagi «naxyi munkar» majburiyati ado kilinmayapti. Suzim isboti bulsin uchun yil davomida masjid imomlariga yuborilgan ma’ruza tezislarining mavzulari ruyxatini kisman ilova kilmokchiman: 22.01.2010 y. Inson - mukarram zot 29.01.2010 y. Duoning fazilati 05.02.2010 y. ’alomlashish odobi 12.02.2010 y. ’arvari koinot tavallud oylari 19.02.2010 y. Tasavvuf bori axloqdir26.02.2010 y. Ota-onalar duosi mustajob 04.03.2010 y. Ayol oila tayanchi 12.03.2010 y. Omonatga xiyonat qilmaslik 19.03.2010 y. Navro‘zi olam – qutlug‘ ayyom 26.03.2010 y. Muloyimlilik va kechirimlilik haqida 31.03.2010 y. O‘zganing haqqidan hazar qilish haqida 09.04.2010 y. Oilada ayol kishining o‘rni 16.04.2010 y. Farzandlar iqboli yurt istiqboli 09.07.2010 y. Kamtarlik – mo‘minga xos fazilat 16.07.2010 y. Sha’bon oyi fazilatlari23.07.2010 y. Hanafiylik – mo‘’tadil mazhab 30.07.2010 y. Alloh rizosini topish haqida 06.08.2010 y. Tejamkorlik – mo‘l-ko‘llik omili 13.08.2010 y. Ramazon sog‘inchi 20.08.2010 y. Zakot moliyaviy ibodat27.08.2010 y. Mustaqillik ne’mati 03.09.2010 y. Qadr kechasi fazilati Bu ruyxatni yana davom ettirish mumkin. Lekin xech bir juma ma’ruzasida oxirat mavzusi, kabr va duzax azobi, gunoxi kabiralar, jamiyatdagi arokxurlik, sudxurlik, zulm, poraxurlik kabi illatlar xakidagi mavzular tilga olinmayapti. Natijada fakat juma kuni masjiddan diniy va ma’rifiy sabok olayotgan musulmonlar ommasi dinning «naxyi munkar» kismidan umuman bexabar xolda xayot kechirishmokda. Goxida imom domlalarga bir masala yuzasidan savol berilsa, vaktimiz tugab kolibdi, deb kiskacha javob berishadi yoki umuman savolni ukib xam utirishmaydi. Yakinda Abul-Lays Samarkanday roximaxulloxning «Bustonul-orifin» kitoblarida bir muxim rivoyatni ukib kolib, rosti ulamolar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklanganining guvoxi buldim: «Ato Abu Xurayradan (roziyalloxu anxu) rivoyat kilib aytadi: "Kim uzi biladigan ilmni insonlardan berkitsa, kiyomat kunida olovdan bulgan yugan bilan yuganlanadi". Bu xakda Paygambarimizning (sollalloxu alayxi vasallam) xadislari bor.Abu Xurayra: "Agar bir oyat bulmaganida, insonlar uchun majlis kilib utirmas edim", dedilar va Allox taoloning:"Biz nozil kilgan xujjatlar va xidoyatdan iborat narsalarni odamlarga Kitobda ravshan kilib berganimizdan keyin berkitgan kimsalarni, shubxasiz, Allox la’natlagay va la’natlovchi zotlar (farishtalar va muminlar) xam la’natlagaylar" (Bakara, 159), degan suzini ukidilar».Yana usha kitobda ma’ruza kiluvchi amal kilishi kerak bulgan jixatlar xakida kuyidagilar rivoyat kilinadi: «Muzakkirning majlisida xavf va rajo bulishi lozim. Majlisning xammasini butunlay xavf yoki fakat rajo kilmaydi. Chunki bundan kaytarilgandir. Agar muzakkir majlisni uzun kilishni xoxlasa, unga majlisning orasida insonlarga yokadigan va tabassum kilinadigan suzlarni kushishi mustaxab. Chunki bu ish eshitishga kizikish va ikbolni ziyoda kiladi.Umar (roziyalloxu anxu) xaklarida rivoyat kilinishicha, agar u kishi majlisga utirsalar, insonlarni oxiratga ragbatlantirar va dunyoga berilib ketishdan kaytarar edilar. Agar insonlarning dangasalik kilayotganini kursalar, daraxt ekish, bino tiklash, devorlar kurish xakida gapirar edilar. Agar insonlarni gayratli, shijoatli xolatda kursalar, oxirat zikriga kaytarardilar.»Yukoridagilardan kelib chikib aytmokchimanki, muxtaram ustoz uzingiz xam ancha yillar diniy idorada ishlagansiz. Xozirda xam ilm tarkatish yulida kulingizdan kelganicha biz musulmonlarga ilm tarkatib kelmokdasiz. Allox umringizga barokat ato kilsin! Nima uchun din uchun mas’ul bulgan ulamolarimiz xalkning diniy va ma’naviy saviyasiga kam e’tibor berishmokda? Xozirda ulamolar kengashi degan narsa bizni yurtda xam bormi? Dunyoning musulmon ulkalarida «Islom fikxi akademiyasi», «Doimiy fatvo kumitasi» kabi diniy tashkilotlar va kuplab ummatning isloxi uchun bel boglagan ulamolarni bilamiz. Ularda musulmonlarning xak-xukuklari, burch va erkinliklari, islom diniga raxna solayotgan tusiklarni bartaraf kilish, musulmonlarning dunyo xamjamiyatidagi urnini oshirish, eng asosiysi odamlarni oxirat kuniga tayyorlash kabi muxim masalalar kutariladi. E’tibor bersangiz keyingi yillarda yurtimizda xam kuplab ijobiy ishlar amalga oshirildi, kuplab asarlar uzbek tiliga tarjima kilinib, musulmonlarga takdim etib kelinmokda. Masjidlar xam ishlab turibdi, alxamdulillax. Nima uchun shunchalik sharoit bula turib, ayrim ulamolarimiz uz mas’uliyatlarini xis kilishmayapti. Vaktlarini asosan exson va marosimlarga borish kabi dinga foydasi yuk narsalarga sarflashmokda. Raxmatlik Toshkentlik Foziljon kori nixoyatda ta’sirli ma’ruza kilardi. Men Toshkentlik bulmasamda oxirgi yillardagi audio ma’ruzalari eshitganman. U kishi musulmonlarni xakka chakirishdek ustilaridagi mas’uliyatni xis kilib, ma’ruzalarida xech kimdan kurkmay doimo kishilarni islomga chakirib kelganlar. U kishining shogirdlari bulgan Kobiljon kori aka xam juma ma’ruzalarida Diniy idora tomonidan yuborilgan tezisni kiskacha aytib utadilarda, keyin jamiyatdagi muammolar, gunoxi kabiralar kabi muxim mavzularda ma’ruza kiladilar. Yana men tanimagan va bilmagan imomlarimiz xam bordir balki. Muxtaram ustoz! Xozirda masjid imomlari juma kuni idora tomonidan berilgan ma’ruza tezisi mavzusidan tashkariga chikmasliklari kerakmi? Agar boshka mavzuda ma’ruza kilishsa idora tomonidan javobgarlikka tortiladilarmi? Iltimos yukoridagi fikr-muloxazalarga uz munosabatingizni bildirsangiz. Shu bilan birgalikda masjid imomlariga nasixatingizni darig tutmasangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu savollarni diyniy idoraga bersangiz yaxshi bo‘lar edi. Mening mulohazalarim sizniki kabi.

27 May 2022, 04:30 | Savol-javoblar | 176 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar