Nurul yaqin haqida

Assalomu alaykum ustoz ,meni nurul yaqin kitobini o‘qish asnosida bir ikkita joylari ikkilantrib qo‘ydi. Masalan:1-Payg‘ambarimiz (sav)ni tug‘ilgan sanalari bunda Robbiul avval oyi 9-kun deyilgan yana milodiy sana 571 yil boshqa kitoblarda masalan hadis va hoyotni 9 juzida nubuvvat va risolat kitobida ham robbiul avval 12-kun milodiy 570,ko‘p tarih kitoblarida shu sana keltiriladi,yana nurul yaqinda birinchi oyat nozil bo‘lish vaqtida farishta O‘QI deganda men qori emasman deganlarida o‘zlarini g‘orda yotadigan sholchalariga o‘rab tashlab qiynadi deyilgan boshqa manbalarda elkalaridan qisdi degan so‘zni o‘qiymiz, szga bu misollarni keltrishdan maqsad bu kitob haqida ma‘lumot olish chunki shu kitobdan dars olyabmiz.2-ustoz Arab tilini o‘rganishimiz uchun oson va qulay yo‘lni ayting ustozim lug‘at yodlaysizmi yoki mukkammal sarf o‘qiysimi dedi.Bu borada ham sizdan maslahat qilishni lozim topdim.Alloh umringizni uzoq rizqingizni ulug‘ qilsin,sizni ikki dunyo saodatigab erishtirsin,qilayotgan hayrli ishlaringizga Alloh o‘zi miy‘nu madadkor bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. “Nurul yaqiyn” taniqli kitob. Ammo siz aytgan joylarda noaniqlik sodir bo‘lgan ekan. To‘g‘risini tushunib olibsiz.2. “ https://arabi’.uz ” degan saytimiz bor. Shunga murojaat qiling.

27 May 2022, 04:34 | Savol-javoblar | 186 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar