O‘choqdan chiqqan tutun

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, o‘qishim bo‘yicha isiriq, bug‘ va turli narsalarni qasddan xidlasa, ro‘zasi buzilar ekan. O‘choqda ovqat qilganda, tutuni dimog‘imizga, hatto tomoqni achitish darajasigacha etadi. Shunday xolatda vaziyat takozosi bilan tutundan qochmasak ro‘zamiz buziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zingiz savolni boshida “qasddan xidlasa” deb o‘tdingiz. Agar qasddan bo‘lsa ochiladi bo‘lmasa yo‘q. Ayollar ovqat qilmasdan iloji yo‘q, shunday ekan tutunga ham ro‘baro‘ bo‘ladilar. Qasddan hidlamasa bo‘ldi.  Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 18:44 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar