Ushbu fatvolar mazhabimizga to‘g‘ri keladimi?

Ko‘rsatayotgan to‘g‘ri yo‘l uchun sizga mingdan ming tashakkur aytaman. Mana bu fatvo bo‘yicha fikringizni bilmoqchi edik.
Ibn Usaymin, Ibn Boz, Ibn Taymiyya, Sa’d al Xaslon, Xolid al-Mushayqih va Fatvolar Kengashining Ramazon oyi uchun fatvolari: 1. Svecha qo‘yish- BUZMAYDI (orqa (yo oldiga-ayollar uchun)
2. Ko‘zga dori tomizish- BUZMAYDI
3. Surma qo‘yish- BUZMAYDI
4. Quloqqa dori tomizish- BUZMAYDI
5. Nafas qisishga qarshi spreydan qo‘llanish- BUZMAYDI
6. Sun’iy yo‘l bilan og‘izdan kislorod haydalishi- BUZMAYDI
7. Penitsillin ukol olish-BUZMAYDI
8. Insulin ukol olish-BUZMAYDI
9. Tishni davolashdan oldin narkoz qilinishi, tishga plomba qo‘yish yoki tozalatish- BUZMAYDI
10. Atirdan foydalanish, hidlash- BUZMAYDI
11. Yuzga bo‘yoq surkash (makiyaj)- BUZMAYDI
12. Tahlil (analiz) uchun qon topshirish- BUZMAYDI
13. Suzish va suvga sho‘ng‘ish- BUZMAYDI
14. Ihtilom (uyqu asnosida beixtiyor maniy chiqishi)- BUZMAYDI
15. Xushbo‘ylantiruvchi moddalar qo‘shilmagan toza misvok ishlatish- BUZMAYDI
16. Til tagiga infarktni davolash uchun qo‘llaniladigan tabletka qo‘yib olish- BUZMAYDI
17. Balg‘amni yutib yuborishlik- BUZMAYDI
18. Burunga dori tomizish, agar oshqozonga etib bormasa- BUZMAYDI
19. Lablarni namlovchi, yumshatuvchi narsalardan foydalanish, agar yutib yuborilmasa- BUZMAYDI
20. Burundan qon ketishi va tish oldirganda qon chiqishi- BUZMAYDI
21. Tomoqni chayqab ishlatiladigan dori, agar ichkariga yutib yuborilmasa- BUZMAYDI
22. Tish pastasi, agar oshqozonga biror narsa ketib qolmasa- BUZMAYDI
23. Zarurat uchun ovqatni tuzini totib ko‘rish, agar yutib yuborilmasa- BUZMAYDI
24. O‘z xohishisiz qusib yuborish- BUZMAYDI
25. Muskulga , tomirga va teri ostiga ukol qilish- BUZMAYDI
26. Ozuqalantiruvchi ukol-BUZADI
27. Ixtiyoriy ravishda qusishlik-BUZADI
28. Ixtiyoriy ravishda maniy chiqarish- BUZADI
29. Nikotin geli- BUZADI
30. Xushbo‘y hidlarni bilgan holda ataylab chuqur nafas bilan hidlash- BUZADI
31. Atirni shunchaki hidlashni o‘zi-BUZMAYDI Hazrat javobingiz uchun oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bularni o‘qiganingiz kabi hanafiy ulamolarning ham fatvolarini o‘qing.

20 Aprel 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 161 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar