O‘g‘il farzand ko‘rish uchun folbinga borsa
Assalomu alaykum! Men akam bilan musofirchilikda ishlab rizqimizni teramiz. Gap shundaki akamni o‘g‘li yo‘q, onam eskicha yo‘llar bilan Akamni o‘g‘illi bo‘lishga harakat qiladi. Tabiiyki bu bizga yoqmaydi. Alloh hohlasa 1 oyga uyga boramiz. Onam esa kelinoyimga bir ayoldan bir qog‘ozga qandaydir duo yozdirib bergan. U ayol: er hotin qo‘shilishidan oldin shu duoni bo‘yniga ilib olsin shunda o‘g‘illi bo‘lishadi. Lekin shu farzand tug‘ilgach to o‘lguncha shu duo yozilgan qog‘oz bo‘yniga osilgan holatda bo‘lsin aks holda bola nobud bo‘lishi mumkin degan. Onamga qancha tushuntirishga harakat qilsam ham foydasi bo‘lmayabdi. Onam o‘zi namozhon ayol. Iltimos javob yozsangiz, va men bu javobingizni Onamga o‘qitaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farzand bu Alloh beradigan ne’mat. Allohning ne’matini Alloh harom qilgan ishlar orqali talab so‘ralmaydi. Onangiza quyidagi oyatni o‘qib bering. Alloh taolo "Shuuro" surasida marhamat qiladi: لِلَّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ يَخْلُقُ مَا يَشَاء يَهَبُ لِمَنْ يَشَاء إِنَاثًا وَيَهَبُ لِمَن يَشَاء الذُّكُورَ أَوْ يُزَوِّجُهُمْ ذُكْرَانًا وَإِنَاثًا وَيَجْعَلُ مَن يَشَاء عَقِيمًا إِنَّهُ عَلِيمٌ قَدِيرٌ 49. Osmonlaru erning podshohligi Allohnikidir. U Zot xohlagan narsasini yaratur. U Zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etur va xohlagan kishisiga o‘g‘illar hadya etur.
50. Yoki ularni juftlab – o‘g‘il-qiz qilib berur va xohlagan kishisini tug‘mas qilur. Albatta, U o‘ta biluvchidir, o‘ta qudratlidir.
Insonga hamma narsani faqat Alloh taolo berishining yorqin namunasi farzand masalasida ko‘rinadi. Ayni shu masalada inson o‘zining ojizligini xis etadi. O‘z xohishiga ko‘ra biron narsani bor qila olmasligini, balki doimo Alloh taoloning madadi va inoyatiga muhtoj bo‘lib turishini anglab etadi.
«Osmonlaru erning podshohligi Allohnikidir».
Osmonlarda va erda nimaiki bo‘lsa, hamma-hammasi Alloh taoloning mulkidir.
«U Zot xohlagan narsasini yaratur».
Bu ishda U Zotning xohishiga hech kim to‘siq bo‘la olmaydi. Butun borliqning Moliki – egasi va mutlaq Xoliqi bo‘lgan o‘sha Zot O‘z mulkidan xohlagan bandasiga xohlagan narsasini beradi. Jumladan, farzand berish masalasida ham
«U Zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etur».
Agar o‘g‘il yo qiz farzand ko‘rish ota-ona xohishiga ko‘ra bo‘lganida, ushbu oyatlar nozil bo‘layotgan paytdagi johiliy arablarda qiz farzand bo‘lmas edi. Chunki ular qiz farzandni yoqtirishmasdi. Hatto qizlarini tiriklay ko‘mib ham tashlashardi. Holbuki, ba’zilar faqat qiz farzandlar ko‘rishadi, o‘g‘il farzandga zor bo‘lib yurishadi. Bu hol farzand faqat Allohning xohishi bilan o‘g‘il yoki qiz bo‘lishini bildiradi.
«...va xohlagan kishisiga o‘g‘illar hadya etur».
Faqat o‘g‘il farzandlar ko‘rib, Allohdan qiz so‘rab yurgan odamlar ham oz emas.
«Yoki ularni juftlab – o‘g‘il-qiz qilib berur…»
Aralash farzandlar ko‘rish odamlar ichida ko‘p tarqalgan holatdir.
«...va xohlagan kishisini tug‘mas qilur».
Bundaylar ozchilik bo‘lib, Alloh taolo ibrat uchun, farzand odamlarning xohishi bilan emas, Allohning xohishi bilan bo‘lishini ko‘rsatish uchun shunday qilib qo‘ygan.
«Albatta, U o‘ta biluvchidir, o‘ta qudratlidir».
Albatta, Alloh o‘ta biluvchi va o‘ta qodir Zotdir.
Hamma narsani bilib qiladi. Jumladan, kimga qiz, kimga o‘g‘il, kimga o‘g‘il-qiz berishni yoki kimni tug‘mas qilishni ham O‘zi biladi. Bu ishlarga Uning qudrati etadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 18:34 | Savol-javoblar | 184 | Oila va turmush