Iltimos,xazrat
Assalomu alaykum muxtaram ustoz, dinimiz rivoji yulida Allox roziligi uchun kilayotgan barcha ishlaringizda Allox taoloning uzi sizga madadkor bulsin va umringizga xamda ilmingizga barakotlar ato kilsin. Biz tomonlarda (Kashkadaryoda) kup guvoxi bulganim bir xolatni shariatimizga tugri kelish-kelmasligini tushuntirib berishingizni sizdan iltimos kilib kolaman. Namozdan sung tilovat kilinib kullar duoga ochilganda imom domla uz duosida " ukigan namozlarimiz,kilingan tilovatlarimizdan xosil bulgan savoblarni avvalo Odam safiyullox,keyin Nux nabiyullox,............,utgan xesh-akrabolar va ota-onalarimizning ruxlariga fiysabillox xadoya kildik" degan jumlalarni takrorlaydilar. Menda xar safar bir savol tugiladi,shu tugrimikan? Xosil bulmish savoblarning xammasi xadya kilinsa,bizning nomai-a’molimizga ushbu ibodatlardan nima bitiladi? Menda bu savol tugilishining asosiy sababi - Toshkentda,men namozga katnashib yuradigan machitning imomi xar doim duosida "xosil bulgan savoblardan bizning nomai-a’molimiznig foyda tomoniga zaxira kilish barobarinda suyukli paygambarimizning (s.a.v.) ruxi-poklarini,ularning axli-baytlari,.........,ota-onalarimizdan utganlarining ruxlarini baxramand kilgin" deb duo kiladilar. Iltimos,xazrat,mening va oila-azolarimning xakkiga duo kilib kuying,farzandlarimning dinimizga xizmat kiladigan ilm-marifatli insonlardan bulib voyaga etishlarini xoxlayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Farqi yo‘q. Tilovatning o‘zi savob. Uning ortidan qilinadigan duoga qarab savob berilishi kitoblarda aytilmagan.- Alloh taolo tilagingizdan afzalini bersin!
27 May 2022, 05:40 | Savol-javoblar | 164 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Farqi yo‘q. Tilovatning o‘zi savob. Uning ortidan qilinadigan duoga qarab savob berilishi kitoblarda aytilmagan.- Alloh taolo tilagingizdan afzalini bersin!
27 May 2022, 05:40 | Savol-javoblar | 164 | Namoz