Jonliq so‘yish

Assalomu alaykum! Avvalo kelyotgan «Iyd Ramazon «ayyomi barchamizga muborak bo‘sin!Sizlarni shu ulug‘ oyda qilyotgan hayirli ishlaringizga yaratgan ajr savobini ziyoda-ziyoda qilib bersin! Meni savolim quyidagicha. Bir birodarimizni onalari yaqinda o‘tgan edi. Hayitga o‘zim qo‘y so‘yaman degan ekanlar. Shu orada Alloh u kishiga ulug‘ ne’mat farzand ato etdi. Endi niyat qilgan shu jonliqni aqaqagayam qo‘shib niyat qilsam bo‘ladimi deb so‘rayapdilar. Savolim mana shunday holatda so‘yilgan jonliq bilan ikkala niyatiga erishadimi? Yoki boshqa boshqa qo‘y so‘yish kerakmi? Javob uchun rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hayitda o‘tgan inson uchun jonliq so‘yish degan narsa shariatimizda yo‘q. Agar faqir-miskinlarga ehson sifati so‘yaman degan nazr bo‘lsa, nazrga alohida, aqiyqaga alohida qilinadi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 21:34 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar