Namozga oid savol

Assalomu alaykum! Agar odam hojatdan so‘ng 15-20 daqiqa kutmay, birdaniga tahorat olib, namozni o‘qib yurgan bo‘lsa, shu namozlarni qayta o‘qiydimi? Hojatdan so‘ng 15-20daqiqa vaqt davomida siydik to‘liq zakardan tashqariga chiqib ketishi, shundan so‘ng mustahab va tahorat olish kerakligi to‘g‘rimi? Ayrim insonlar hojat chiqarib, qog‘oz, suv bilan poklanib, keyinchalik zakardan chiqadigan 1-2tomchi kiyimga tegmasligi uchun oldlariga vaqtincha qog‘oz qo‘yishadi, 15-20daqiqadan so‘ng mustahab va tahorat qilishni boshlashadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu shunday qilishga muhtoj kishilar uchun tavsiya. Unga muhtoj bo‘lmay birdaniga poklanib keyin tomchi kelmaydigan kishilarga bunday qilishni hojati yo‘q. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 03:24 | Savol-javoblar | 161 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar