Hadisdagi tushunmagan so‘z
Assalomu alaykum! 1. "Hadis va hayot" kitobidan bir xadisni keltiraman, lekin aniq esimda yo‘q. Qayta topa olmadim. Payg‘ambarimiz (s.a.v) namozda yoki namozdan tashqarida Alloh taolo ul zotni orqalariga qo‘lini qo‘yganini aytadilar. Allohni qo‘li deganda qanday tushunish kerak. Shu xadisni sharxlab bersangiz iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shu kabi oyat va hadislarni ulamolar mutashobih oyat hadislari deyishgan. Bu borada ulamolar to‘rt fikrni aytib o‘tganlar. Eng afzali, mutaqoddimlarning gaplari. Alloh O‘ziga nimani isbot qilgan bo‘lsa iymon keltiramiz, ilmini O‘ziga havola qilamiz. Alloh gapiruvchi deyilgan, Muso alayhissalom bilan so‘zlashgan, buni Qur’onda ham bayon qilgan. qanday gaplashganligini hech qaerda sharhlab o‘tirmagan. Ulamolar bu borada turli ijtihodlarni qilishgan. Biri Muso alayhissalom eshitgan ovoz Alloh taoloning sovt(ovoz)i bo‘lgan, lekin u maxluqotlarni ovoziga aslo o‘xshamaydi desalar boshqasi Muso alayhissalom eshitgan sovt Allohning kalomiga dalolat qiluvchi maxluq sovt deyishgan. Xullas qat’iy bir dalil yo‘q. Bunday o‘rinlarda eng yaxshisi ilmini Allohga havola qilish. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 141 | Aqiyda