Takroriy Muxum savol

Assalomu alaykum Muhtaram Ustoz Shayx Muhammad Sodiq Hazratlari. Avvalam bor sizga so’g‘liq salomatlik va ishlaringizga rivoj tilayman. Sizdan Bir narsani iltimos qilmoqchiydim agar bemani fikrlar bilan vaqtingizni bexudaga olyotgan bo‘lsam uzurumni qabul qiling. Garchimenga bir necha bo’r bunday bemani fikrlarimni yig‘ishtirib talimotlarimizni o’rganing deb takidladingiz. Albatta men aqidamizni xususan sunniy aqidalar kitobini qayta qayta o’qib iloji boricha sof aqidani o’rganib mustaxkamlashga harakat qilyapman. Menga, siz aytayotgan narsalarga allaqachon diynimizda echim topib bo’lingan deb bir ikkibor takidladingiz. Shunchalik nasihat va shunchalik izzatimizni joyiga qo’yayotganingizdan keyin ham yana sizga safasata sotishga hijolat tortayapman. Lekin bir masalaga o’ydinlik kiritib bermasangiz o’zim anglay olmayapman. Sizga Alloh ta’aloning joriy qilgan Fitrati va Tabiati haqida savol bilan murojat qilgandim. Siz bu savolimni keraklicha sharxlab, keraklicha javob berganingizga qaramay menda yana savol paydo bo’lib qoldi. O’zi bu savolga anchadan beri echim topolmayotgan edim. Sababi avval tabiy va fitrat so’zlarini lug‘aviy manosi va amaldagi mohiyatini bilishim kerak edi va buni sizdan bilib ham oldim. Endi savolim bilan sizga murojat qilsam ham bo‘ladi. Men shunday o’ylayapman. Alloh insonni azizu mukkarram qilib yaratgan, uning shaklu shamoili, qiyofasi allohni naqadar qudratli mussavvir ekanlidan dalolat. Hamda unga ruxni kirgizgan va anashu ruxga yoki insonning aqliga yo qalbigami insoniylik fitratini - tabiatini joriy qilgan. Meni aynan anashu narsaga boshim qotadi. Yani, Alloh insonga bergan tabiatda kamchiliklar bor deb o’ylayman. Misol, insonga Alloh shuxratparastlik fitratini – tabiatini ko’proq taqsimlab yuborgan deb o’ylayman. Shu sababli ham hozirda insondan samiymiy va hokisorlikni qidirib topib bo’lmayapti. Qayoqqa qaramang insonlar ko’kka intilgan, ishxonalarda hamma boshliq bo’lishni o’zini katta bilishni o’ziga kasb qilib olgan. Bir kishini hurmatini qilib tursangiz ham baribir to’ymay, shaxsiyatparastligini namoyish qilaveradi. Xa men xozirda 99% insonda bu tabiatni guvohi bo’layapman. Men unga murojat qilganimda shaxsiyatparastlik qilmagan birgina insonni ko’rganman va bilaman xolos, u haligacha yodimdan chiqmaydi. Siz o’sha inson senga etiborli bo’lgani uchun hotirangda qolgan deyishingiz mumkin. Lekin ishoning menga uning etiborini zarrachalik axamiyati yoq edi kerak bo’lsa menga undan ham yaxshiroq etibor qilganlar bo’lgan. shunchaki undan men aytayotganday kamchiliklarni ko’rmadim va qandaydir sof tabiatni insoniylikni ko’rganday bo’ldim va shunga quvangandim. Bu kabi insonlar jamoasi ko’pdir deb biroz quvongandim va izlagandim ammo tolibi ilm, axli qur’on, amali solex kishilar davrasida bo’lganimda ham men aytgandaka insonni topolmadim. O’sha axli islom ilmlilarning hammalari tabiatni qurboniga aylanib bo’lishganini guvohi bo’lgandim va bo’lib kelayapman. Albatta bu insonlarning aybi bo’lshi ham mumkin, lekin ularga bu tabiatni Alloh jo’riy qilganku. Qolaversa, o’sha aytayotganim birgina insonni ham keyinchalikinsonlar bilan bo’lgan xolatlarini ko’rib u xaqidagi ijobiy fikrlarimda adashganimni bildim. faylasufning "insonni qidiryapman" degan so‘zlarini endi endi tushunayapman. Gapning qisqasi men no’to’g‘ri tushunchalar tasirida shunday fikrkga kelib qolganman. Alloh insonlarga joriy qilib manashu tariqa ishlaydigan qilib qo’ygan mexanizimida yani, tabiatida nosozlik bor degan fikrdaman. Shu to‘g‘riroqmi? Yo bu erda men tushunmayotgan biror narsa bormi?savoldan tashqari:Sizning o’rningizdan gapirish odopsizlik bo’lsa kechiringu balkim siz, insonlar senga etibor bermayotganlari uchun shunday o’ylayapsan deyishingiz mumkin, menga insonlarni etibori kerak emas, faras qilaylik men bu dunyoda yoqman, lekin insonlar shu bilan o’zgarib qolishadimi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Avval ham aytilgan edi. Siz o‘z xayolingizga kelgan narsalar ila, menimcha Allohning falon qilgani to‘g‘ri emasga o‘xshaydi kabi gaplarni aytishingiz mutlaqo noto‘g‘ri. Bu maktubdagi u degan fikrdaman, bu degan fikrdaman degan gaplaringiz xatarli. Tavba qilishingiz kerak bo‘ladi. Siz aqiyda kitoblarini o‘qing.

27 May 2022, 05:44 | Savol-javoblar | 150 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar